BlackRock O‘zbekistonda kapital bozori va infratuzilma loyihalarini rivojlantiradi

Korporatsiya logistika va energetika sohalariga investitsiya jalb qilish hamda konsalting faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda

BlackRock O‘zbekistonda kapital bozori va infratuzilma loyihalarini rivojlantiradi

BlackRock Financial Markets Advisory investitsiya kompaniyasi O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Vashington shahrida AQSh korporatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilindi.

Uchrashuv davomida BlackRock vakili Kashif Riaz mamlakatda investitsiya ekotizimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Hamkorlik doirasida kapital bozorini shakllantirish va infratuzilmani modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ustuvor yo‘nalishlar qatorida qayta tiklanuvchi energetika, raqamli texnologiyalar hamda transport-logistika sohasidagi loyihalar bor. Kompaniya o‘zining xalqaro tajribasi orqali ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirishni maqsad qilgan.

Tomonlar hamkorlikning yangi bosqichini boshlash, jumladan davlat tuzilmalari uchun konsalting xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha kelishib oldi. Hamkorlik tafsilotlari va aniq loyihalar korporatsiya delegatsiyasining Toshkentga bo‘lajak tashrifi davomida muhokama qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda soliq organlari xodimlari daromadlari deklaratsiya qilinadi
/
O‘zbekistonda soliq organlari xodimlari daromadlari deklaratsiya qilinadi
Silk Road Samarkand turizm markazida kanat yo‘li qurilishi boshlandi
/
Silk Road Samarkand turizm markazida kanat yo‘li qurilishi boshlandi
Centrum Air IPO oldidan $2 mlrdga baholanishi kutilmoqda
/
Centrum Air IPO oldidan $2 mlrdga baholanishi kutilmoqda