BlackRock’ning sho‘ba kompaniyasi O‘zbekiston neft-gaz sohasiga sarmoya kiritishni o‘rganmoqda

Muzokaralar “O‘zbekneftgaz” va Investitsiyalar vazirligi bilan o‘tkazildi

BlackRock’ning sho‘ba kompaniyasi O‘zbekiston neft-gaz sohasiga sarmoya kiritishni o‘rganmoqda

“O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov Global Infrastructure Partners (GIP) kompaniyasi vakili Erik Varvel bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Muzokaralarda O‘zbekiston neft-gaz sohasidagi amaldagi quvvatlarga investitsiya jalb etish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar takliflarni batafsil tahlil qilish, shuningdek, ularning aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy-iqtisodiy holatiga ta’sirini baholash zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida axborot almashish bo‘yicha hujjat imzolandi. Tomonlar hamkorlikni kengaytirish va istiqbolli loyihalarni birgalikda ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirdi.

Shuningdek, 26-yanvar kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida ham GIP vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Vazir Laziz Kudratov bilan bo‘lgan suhbatda sanoat, energetika va infratuzilma sohalaridagi yirik loyihalarga uzoq muddatli sarmoya kiritish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralarda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda global institutsional investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Tomonlar kelgusida ham samarali muloqotni davom ettirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Davosda BlackRock direktorlar kengashi a’zosi Adebayо Ogunlesi bilan uchrashib, o‘zbek kompaniyalariga sarmoya kiritish va qo‘shma investitsiya fondini tashkil etish masalalarini muhokama qilgan edi. Hozirda BlackRock boshqaruvidagi aktivlar qiymati $11 trlndan oshadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda O‘zbekistondan aviaqatnovlar Qozog‘istondagiga qaraganda arzonroq bo‘ldi
/
2025-yilda O‘zbekistondan aviaqatnovlar Qozog‘istondagiga qaraganda arzonroq bo‘ldi
Yangi Bankning kafolatlanmagan mablag‘lari kreditlar va aktivlar hisobidan qaytariladi
/
Yangi Bankning kafolatlanmagan mablag‘lari kreditlar va aktivlar hisobidan qaytariladi
Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmat uchun qo‘shimcha haq belgilanadi
/
Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmat uchun qo‘shimcha haq belgilanadi