Jahon banki ayollar biznesi bo‘yicha indeksini e’lon qildi

Mazkur indeksda O‘zbekiston 52 pog‘ona yuqoriladi

Jahon banki ayollar biznesi bo‘yicha indeksini e’lon qildi

2024-yil 26-may kuni Jahon banki tomonidan ayollarning biznes bilan shug‘ullanish imkoniyatlari va huquqlariga oid yirik indeks e’lon qilindi.

Indeksda 1970-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan davr oralig‘idagi qonunchilik va iqtisodiy muhit tahlil qilingan. O‘zbekiston 82,5 ball bilan 190 davlat orasida 84-o‘rinni egalladi. Bu natija qo‘shni mamlakatlardan yuqoriroq bo‘lib, e’tiborlisi, O‘zbekiston 1991-yildan keyingi ko‘p yillar davomida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ortda kelayotgan edi.

Indeks nimalarni o‘lchaydi?

Jahon bankining ushbu reytingi mamlakat qonunchiligining ayollar iqtisodiy imkoniyatlariga ta’sirini tahlil qiladi. Natijaviy ballar quyidagi 8 yo‘nalishdagi qonunchilik asosida shakllantiriladi:

  • Harakatchanlik;

  • Ish joyi;

  • Ish haqi;

  • Nikoh;

  • Onalik;

  • Tadbir­korlik;

  • Aktivlar (mulk huquqi);

  • Nafaqa.

Har bir yo‘nalish 100 ballik tizimda baholanadi va o‘rtacha ko‘rsatkich hisoblanadi. 100 ball — erkak va ayollar imkoniyatlari tengligini anglatadi. Masalan, Ispaniya ayni paytda 100 ballga ega.

Dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich hozirda 77,8 ballni tashkil etadi. Bu sohadagi ijobiy o‘sish asosan 1990-yillardan keyin boshlangan bo‘lib, ko‘plab davlatlarning gender tengligini mustahkamlashga oid islohotlari bunga ta’sir ko‘rsatgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi keskin pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi keskin pasaydi
Toshkent metropoliteni 6-iyun kuni 7 soat davomida bepul ishlaydi
/
Toshkent metropoliteni 6-iyun kuni 7 soat davomida bepul ishlaydi
OTB Qambarotadagi GESga $150 mln mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda
/
OTB Qambarotadagi GESga $150 mln mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda