Kriptovalyutalardan foydalanish Islomga zid — O’zbekiston Musulmonlari idorasi fatvo markazi

Kriptovalyutalar shariat tomonidan pulga qo‘yilgan talablarga javob bermaydi

Kriptovalyutalardan foydalanish Islomga zid — O’zbekiston Musulmonlari idorasi fatvo markazi

Bitkoin, notkoin kabi kriptavalyutalarni o‘zaro ayriboshlash va ular bilan savdo-sotiq qilish sharʼan joiz emasligi to’g’risida fatvo berildi. Bu haqda Fatvo markazi xabar bermoqda.

Kriptovalyutalarda shariat tomonidan pulga qo‘yilgan talablar topilmasligi. Qolaversa, ularni biror davlat ishlab chiqarmagani va rasman tan olmagani, narxining keskin o‘zgaruvchanligi hamda unda qimor alomatlari borligi u bilan muomala qilish harom,– deya xabar berdi Fatvo markazi.

Shuni ham taʼkidlash joizki, hozirda faqat elektron ko‘rinishda mavjud bo‘lgan “raqamli pul”lar vaqt o‘tishi bilan shariatga muvofiq tovar va pulga qo‘yilgan shartlarga to‘liq javob bera olsa, shundagina ulardan foydalanishning hukmi ham o‘zgarishi mumkin.

Ayni damda kriptavalyutalar savdosi Dunyo musulmon ularmolari birlashmasi, Saudiya Arabistoni kibor ulamolari hay’ati, Misr Arab Respublikasi “Dorul ifto” fatvo markazi, Iordaniya fatvo idorasi, Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi fatvo markazi, Liviya fatvo uyi va Falastin fatvo markazi kabi nufuzli fatvo uyushmalar tomonidan harom deb e’lon qilingan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda fevral oyida kredit stavkalari pasaydi
/
O‘zbekistonda fevral oyida kredit stavkalari pasaydi
O‘zbekistonliklar 2025-yilda banklardan 660 kgdan ortiq oltin quymalarini sotib oldi
/
O‘zbekistonliklar 2025-yilda banklardan 660 kgdan ortiq oltin quymalarini sotib oldi
“Mening bog‘im” dasturi doirasidagi loyihalarga 400 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi
/
“Mening bog‘im” dasturi doirasidagi loyihalarga 400 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi