Yevropa Markaziy banki bitkoinga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda

Bunga sabab kriptovalyuta narxining o’sishi bo’lgan

Yevropa Markaziy banki bitkoinga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda

Yevropa Markaziy banki vakillari Ulrix Bindzayl va Yurgen Schaaf tomonidan e’lon qilingan maqolada bitkoinga boykot e’lon qilish kerakligi aytilgan. Bu haqda “hi-tech.mail” nashri xabar berdi.

Ular bitkoin kursining o‘sishi faqat uning dastlabki foydalanuvchilari uchun foydaliligi, bu aktiv egalari va jamiyatning qolgan qismi bilan moliyaviy tafovutga sabab bo’lishini keltirib o’tishgan.

Mutaxassislar bitkoin narxining oshishi natijasida dastlabki investorlar kapitalining aktivga ega bo‘lmagan yoki keyinchalik bozorga qo‘shilganlar hisobiga o‘sishini, bu hodisa “ijtimoiy qashshoqlik” ekani va yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratmasligini ta’kidlaydi.

Yevropa Markaziy banki hisobotida bunday jarayonlar ijtimoiy norozilik va bo‘linishning kuchayishiga olib kelishi, bu esa o‘z navbatida jiddiy ijtimoiy tartibsizliklar keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidlaydi.

Shuningdek, bank vakillari ushbu hodisaning siyosiy jarayonga ta’siriga e’tibor qaratishdi. Ya’ni, bitkoinga bo‘lgan munosabat siyosiy kun tartibini shakllantirishda asosiy omil bo‘lishi mumkin.

Misol uchun, AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ko‘plab nomzodlar kripto yig‘uvchilarni faol ravishda jalb qilmoqda, bu esa bitkoinni qo‘llab-quvvatlaydigan siyosatchilar foydasiga bo’lishini anglatadi.

Yevropa Markaziy banki fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga va bitkoinning yanada o‘sishi va uning iqtisodiyotga salbiy ta’sirini oldini olish uchun bunday nomzodlarni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqiradi.

Bundan oldin, bitkoin narxi $69 mingdan oshgani haqda xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekistonga to’qqiz oy ichida qancha sayyoh kelgani ma’lum bo’ldi
/
O’zbekistonga to’qqiz oy ichida qancha sayyoh kelgani ma’lum bo’ldi
O‘zbekistonda 300 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
/
O‘zbekistonda 300 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
O’zbekistonda dollar kursi yana ko’tarila boshladi
/
O’zbekistonda dollar kursi yana ko’tarila boshladi