Bitkoin narxi $90 mingdan pastladi

Bunga Bybit kripto birjasiga xakerlar hujumi sabab bo‘lgan

Bitkoin narxi $90 mingdan pastladi

Bitkoin narxi $90 mingdan pastladi, bunga sabab sifatida AQSh prezidenti Donald Trampning import bojlarini joriy etishi va xakerlarning Bybit kripto birjasiga hujumi keltirilgan.

Toshkent vaqti bilan bugun, 27-fevral soat 11:16 holatiga ko‘ra, bitkoin narxi $85,6 mingni tashkil etmoqda.

Independent Reserve kriptobirjasining bosh direktori Adrian Pshelozniy bitkoin qiymatining pasayishini moliya bozorlaridagi umumiy makroiqtisodiy noaniqlik bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi.

Xususan, AQShning so‘nggi iqtisodiy siyosati, jumladan, yangi import tariflarini joriy etish inflyatsiya va Federal zaxira foiz stavkasining ehtimoliy ko‘tarilishi qo‘rquvini keltirib chiqardi. Bu kriptovalyutalar kabi nostabil aktivlarga bo‘lgan talabni kamaytirdi. 

Shuningdek, 2025-yil 26-fevralda Bybit kriptovalyuta birjasidagi yirik xakerlik hujumi natijasida $1,48 mlrdlik aktivlar o‘g‘irlandi. Bu voqea raqamli aktivlarga bo‘lgan ishonchni yanada pasaytirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
/
“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
/
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi
/
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi