O‘zbekistonda birinchi mikromoliya banki tashkil etiladi
Markaziy bank “Tayyab Finance Mikromoliya Tashkiloti” ga bu haqdagi ruxsatnomani berdi

2022-yil tashkil topgan “TAYYAB FINANCE MIKROMOLIYA TASHKILOTI” aksiyadorlik jamiyati birinchilardan bo‘lib mikromoliya bankiga transformatsiya bo‘lish uchun Markaziy bankdan dastlabki ruxsatnoma oldi. Bu haqda Bankers.uz rasmiy manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mikromoliya bankining ta’sischisi va boshqaruv tarkibi bankirlar (yirik banklarda ishlashgan va keyinchalik raqamli banklarda tajriba orttirgan)dan iborat bo‘ladi.
Yangi va birinchilardan bo‘lib ochilishi ko‘zda tutilgan mikromoliya banki raqamli bank sifatida faoliyat yuritishi ko‘zda tutilib barcha turdagi bank xizmatlarini keng tarmoqli ofislarida ko‘rsatadi.
2025-yilning fevral oyida qabul qilingan qonun bilan O‘zbekistonda mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat berilgan edi.
Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra mikromoliya banki — bu ayrim cheklovlarni inobatga olgan holda bank faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs bo‘lib, mikromoliya tashkilotlari va tijorat banklari zanjirini bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Ushbu bank ustav kapitalining eng kam miqdori 50 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, mazkur qonunga muvofiq, quyidagi kredit tashkilotlari o‘z faoliyatini o‘zgartirishi mumkin:
- mikromoliya tashkiloti — mikromoliya banki faoliyatiga;
- mikromoliya banki — bank faoliyatiga;
- bank — mikromoliya banki faoliyatiga;
- mikromoliya banki — mikromoliya tashkiloti faoliyatiga.
Tartibga ko‘ra, “mikromoliya banki” uchun dastlabki ruxsatnoma 6 oyga amal qiladi va ushbu muddat ichida tegishli tartib-taomillar bajariladi. Keyinchalik “mikromoliya banki” atamasi ham firma nomiga qo‘shilishi lozim.
Aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, mikromoliya banklarining faoliyatini kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirish maqsadida mikromoliya bankka bank faoliyatini amalga oshirishda ayrim cheklovlar ham belgilangan. Ularga ko’ra mikromoliya banklarda:
- jismoniy shaxslardan omonatga jalb qilingan pul mablag‘lari miqdori qonunchilikda belgilangan kafolatlangan omonat miqdoridan oshmasligi;
- bir qarz oluvchi yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori 5 mlrd so‘mdan oshmasligi;
- tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ajratilgan kreditlarning kredit portfelidagi ulushi 70% dan kam bo‘lmasligi;
- chet el banklarida hisobvaraqlar ochish, chet el fuqarolari va yuridik shaxslariga ularning majburiyatlari bo‘yicha kafolatlar berish hamda mijozlarning tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanganligi;
- qarz qimmatli qog‘ozlariga investitsiyalar banklarning likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar doirasida faqatgina Markaziy bank tomonidan belgilangan yuqori likvidli qarz qimmatli qog‘ozlariga yo‘naltirilishi mumkin.
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, mikromoliya banki faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya Markaziy bank tomonidan
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ