2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $44,9 mlrdga yetgan

Xususan, xorijiy valyutadagi zaxiralar hajmi $9,5 mlrdni tashkil qilmoqda

2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $44,9 mlrdga yetgan

Markaziy Bank tomonidan 2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari va xorijiy valyutadagi aktivlari bo‘yicha yangi ma’lumotlar e’lon qilindi.

Joriy yilning 1-yanvaridan 3-yanvarga qadar O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari $41,1 mlrddan $44,9 mlrdgacha oshdi. 

Xorijiy valyutadagi zaxiralar birinchi oyida $8,6 mlrd miqdorida bo‘lib, 1-yanvardan 3-yanvargacha bo‘lgan davrda bu miqdor $9,5 mlrdgacha o‘sgan. 

Qimmatli qog‘ozlar bozorida bu raqam $101,6 mlndan $202,4 mlngacha ko‘tarildi. Naqd valyuta va depozitlar jami miqdori $8,5 mlrddan $9,3 mlrdga yetdi.

Boshqa markaziy banklarda va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasidagi depozitlar $350,9 mlndan $414,3 mlngacha ko‘paydi.

Mamlakatning oltin zaxiralari $32 mlrddan $34 mlrdgacha oshgan. Uning sof hajmi — $12,3 mln troy unsiyadan $12,1 mln troy unsiyaga qadar pastlagan.  

Shuningdek, xorijiy valyutadagi boshqa aktivlari $78,5 mlndan $55,1 mlngacha kamaygan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uztelecom 1 000 dan ortiq baza stantsiyalarini modernizatsiya qildi va butun mamlakat bo‘ylab 5G tarmog‘ini qurmoqda
/
Uztelecom 1 000 dan ortiq baza stantsiyalarini modernizatsiya qildi va butun mamlakat bo‘ylab 5G tarmog‘ini qurmoqda
Sigaret xaridida naqd pulni taqiqlash: tezlashtirilgan raqamlashtirishmi yoki byudjet uchun xavfmi?
/
Sigaret xaridida naqd pulni taqiqlash: tezlashtirilgan raqamlashtirishmi yoki byudjet uchun xavfmi?
Toshkentda pullik avtoturargohlar tarmog‘i kengaytiriladi
/
Toshkentda pullik avtoturargohlar tarmog‘i kengaytiriladi