O‘zbekistonning tashqi qarzi 2025-yilning birinchi choragida $42,4 mlrdga yetdi

Davlat qarzining $35,55 mlrdi tashqi, $6,87 mlrdi esa ichki manbalardan shakllangan

O‘zbekistonning tashqi qarzi 2025-yilning birinchi choragida $42,4 mlrdga yetdi

2025-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonning davlat qarzi $42 mlrd 431 mlnni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qilmoqda.

Davlat qarzining $35,55 mlrdini – tashqi qarz, $6,87 mlrdni esa – ichki qarz tashkil etgan.

Davlat qarzi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan $7 mlrd 82 mlnga ko‘paygan. YaIMga nisbatan ulushi ham 1,8% ga oshib, 31,7% dan 33,5% ga yetgan.

Taqqoslash uchun, 2024-yilning 1-aprel holatiga davlat qarzi %35 mlrd 349 mlnni tashkil etgan. Bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich 20% ga oshgan.

Jalb qilingan qarz mablag‘lari nimaga ishlatilgan?

2024-yil yakuniga ko‘ra, jami davlat tashqi qarzining 45%i ($15 mlrd 291 mln) budjetni qo‘llab-quvvatlashga, 17% i ($5,74 mlrd) yoqilg‘i-energetika sohasiga, 8%i ($2,8 mlrd) transport va transport infratuzilmasiga, 9%i qishloq va suv xo‘jaligiga ($2,9 mlrd) yo‘naltirilgan.

O‘zbekiston kimlardan qarz olgan?

Joriy yil 1-yanvar holatiga davlat tashqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha:

  • Jahon banki — $7,6 mlrd;

  • Osiyo taraqqiyot banki — $7,4 mlrd;

  • Xalqaro investorlar (yevrobondlar) — $4,1 mlrd;

  • Xitoy moliya tashkilotlari — $3,8 mlrd;

  • Yaponiya moliya tashkilotlari — $2,9 mlrd;

  • Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki — $1,6 mlrd;

  • Islom taraqqiyot banki — $944 mln;

  • Fransiya moliya tashkilotlari — $977 mln;

  • Koreya moliya tashkilotlari — $740 mln;

  • Xalqaro valuta jamg‘armasi — $669 mln;

  • Germaniya davlat banki — $415 mln;

  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki — $341 mln;

  • Boshqa moliyaviy tashkilotlar — $1,9 mlrd.

Avvalroq 2024-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $64,1 mlrdni tashkil qilgani xabar berilgandi. Shundan korporativ tashqi qarz hajmi $30,2 mlrdga teng bo‘lgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Telegram $1,5 mlrdlik obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda
/
Telegram $1,5 mlrdlik obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda
Binance O‘zbekiston fuqarolari uchun P2P xizmatini vaqtincha to‘xtatdi
/
Binance O‘zbekiston fuqarolari uchun P2P xizmatini vaqtincha to‘xtatdi
2025-yilda 138 ta suv inshootini ishga tushirish rejalashtirilgan
/
2025-yilda 138 ta suv inshootini ishga tushirish rejalashtirilgan