Yilning birinchi choragida “Uzbekistan Airways” foydasi 19% ga kamaydi
Shuningdek, yalpi foyda 171,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 38% ga qisqardi

Фото: jetphotos
“Uzbekistan Airways” AJning 2025-yil I choragidagi sof foydasi 49,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,3% kam (2024-yil I chorakda — 61,4 mlrd so‘m).
Shu bilan birga, kompaniyaning sof tushumi 3,8 trln so‘mdan oshib, 12,3% o‘sdi, ammo yalpi foyda 171,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 38% ga qisqardi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha:
-
Uzoq muddatli kreditlar hajmi 7,5 trln so‘mdan 6,8 trln so‘mga kamaydi (-9,6%)
-
Qisqa muddatli bank kreditlari esa 8,5 mlrd so‘mdan 27,2 mlrd so‘mga oshdi (+219%)
Eslatma: 2026-yil II yarmida “Uzbekistan Airways” kompaniyasi IPO (aksiyalarni dastlabki joylashtirish) ni o‘tkazishi rejalashtirilgan. Prezident qaroriga asosan, bu jarayon “Franklin Templeton” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi. IPO doirasida kompaniyaning 15–20% aksiyalari xalqaro va mahalliy fond bozorlarida joylashtiriladi
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ