O‘zbekistonda biometrik hujjatlar narxi oshirilishi haqidagi loyiha muhokamaga qo‘yildi

Xususan, chiroyli raqamli ID-karta, pasport va haydovchilik guvohnomalarini qimmatroq narxga sotib olish mumkin

O‘zbekistonda biometrik hujjatlar narxi oshirilishi haqidagi loyiha muhokamaga qo‘yildi

Ichki ishlar vazirligi fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta, haydovchilik va avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnomaning oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha kombinatsiyalashgan raqamlarni berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi hukumat loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Shu bois qaror bilan Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari ma’qullanishi mumkin:

  • xaridorgir raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan identifikatsiyalovchi ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasporti, haydovchilik va avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berish tizimini joriy etish;
  • xaridorgir raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan identifikatsiyalovchi ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasporti, haydovchilik va avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani berish bo‘yicha davlat xizmatini qo‘shimcha to‘lov asosida texnik qurilmalar hamda dasturiy ta’minotlar orqali ko‘rsatish.

O‘zbekiston fuqarosi, doimiy yashovchi xorijiy va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning identifikatsiyalovchi ID-karta raqamini oshirilgan stavkada axborot tizimidan sotib olish sxemasi quyidagicha:

Talabgor YaIDXP yoki elektron platformadan ro‘yxatdan o‘tadi;

  • elektron platformaga joylangan raqamni tanlaydi;
  • tanlangan raqam uchun to‘lov amalga oshirilishi haqida invoys raqami taqdim etadi;
  • taqdim etilgan invoys raqamiga belgilangan mablag‘larni to‘liq miqdorda o‘tkazadi;
  • To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng sotib olingan ID-karta raqami talabgorning JShShIR raqamiga bog‘lanadi va bu haqida shaxsiy kabinetiga xabar yuboriladi;
  • Xabar kelgandan so‘ng talabgor 90 kun ichida o‘ziga qulay bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga borib, ID-karta olish bo‘yicha murojaat qiladi va o‘rnatilgan tartibda ID-karta rasmiylashtirib beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Vengriya kompaniyasi O‘zbekistondagi AESlarda quruq sovitish texnologiyalarini joriy etadi
/
Vengriya kompaniyasi O‘zbekistondagi AESlarda quruq sovitish texnologiyalarini joriy etadi
Toshkentda uy-joy daromadi yillik 6,2% ga tushdi
/
Toshkentda uy-joy daromadi yillik 6,2% ga tushdi
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $24,6 mlrdni tashkil etdi
/
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $24,6 mlrdni tashkil etdi