Beeline kompaniyasi Qozog‘istondagi OLX platformasini sotib oldi

Bitim summasi $75 mlnni tashkil etib, tartibga soluvchi organlar tomonidan ma’qullanishi kutilmoqda

Beeline kompaniyasi Qozog‘istondagi OLX platformasini sotib oldi

Beeline Qozog‘iston — xalqaro raqamli operator VEON’ning Qozog‘istondagi sho‘ba kompaniyasi — OLX Group’dan OLX Qozog‘iston onlayn e’lonlar platformasining 100% aksiyalarini sotib olish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda 21-oktabr kuni VEON Ltd. va OLX Group kompaniyalari ma’lum qildi.

Bitim summasi $75 mlnni tashkil etadi va u tartibga soluvchi organlar tomonidan ma’qullanishi kerak.

Ma’lumotlarga ko‘ra, OLX Qozog‘iston platformasidan har oyda 10 mlndan ortiq faol foydalanuvchi foydalanadi. 2025-yil 30-iyun holatiga ko‘ra, platformada 3,6 mln e’lon joylashtirilgan bo‘lib, oyma-oy auditoriya mamlakatdagi faol internet foydalanuvchilarining 52% idan ortig‘ini tashkil etgan.

Beeline Qozog‘iston bosh direktori Yevgeniy Nastradin kompaniya “onlayn e’lonlar platformasini Beeline Qozog‘iston raqamli xizmatlar ekotizimiga integratsiya qilish orqali katta sinergiya imkoniyatini ko‘rayotganini” ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, OLX KZ orqali kompaniya mijozlarga “yanada kengroq va uyg‘unlashtirilgan raqamli xizmatlar to‘plamini” taklif etishni va shu orqali “ko‘proq foydalanuvchilarni jalb qilishni” rejalashtirmoqda.

OLX Group bosh direktori Kristian Gizi esa ushbu bitim kompaniyaning “asosiy yo‘nalishlar va ustuvor bozorlar”ga e’tibor qaratish strategiyasiga mos kelishini bildirdi.

Beeline Qozog‘iston — VEON telekommunikatsiya kompaniyasining tarkibiy qismi. 2023-yilda Rossiyaning “Vimpelkom” kompaniyasi o‘zining 75% lik ulushini “ona kompaniyasi” — Gollandiyada joylashgan VEON telekommunikatsiya xoldingiga sotgan edi. Ushbu ulush VIP Kazakhstan Holding AG kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u “Beeline Qozog‘iston” brendi ostida faoliyat yurituvchi “Kar-Tel” MChJni boshqaradi. Shu tariqa, VEON Beeline Qozog‘iston ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘ldi. Kompaniyaning bosh ofisi Dubayda joylashgan, uning aksiyalari esa NASDAQ birjasida savdoga chiqarilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Kelgusi yildan TOP-300” universitetlar bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
Kelgusi yildan TOP-300” universitetlar bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Kaspiy dengizi tubidan o‘tgan aloqa liniyasiga ulanadi
/
O‘zbekiston Kaspiy dengizi tubidan o‘tgan aloqa liniyasiga ulanadi
O‘zbekiston Xitoyga qariyb $630 mlnlik gaz eksport qildi
/
O‘zbekiston Xitoyga qariyb $630 mlnlik gaz eksport qildi