Raqobat qo’mitasi chakana sotuvchilardan bayramda narxlarini barqarorlashtirishni talab qildi

Sakkizta chakana savdo tarmog'i vakillari talabning oshishi davrida narxlarning asossiz o'sishini oldini olish choralarini muhokama qildilar

Raqobat qo’mitasi chakana sotuvchilardan bayramda narxlarini barqarorlashtirishni talab qildi

Raqobat qo‘mitasi Yangi yil bayrami oldidan oziq-ovqat narxlarini barqarorlashtirish maqsadida mamlakatning 8 ta yirik chakana savdo tarmoqlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv mashhur chakana savdo tarmoqlari, xususan, “Korzinka”, “Makro”, “Havas”,  “Baraka”, “Magnum”, “Assorti”, “B1” va “Magnit” kabi kompaniyalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilganlar ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning narxiga ta’sir etuvchi omillar, ularni barqaror saqlash choralarini muhokama qildi. 

Shuningdek, Qo‘mita bayram arafasida savdo tarmoqlaridan narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday omillar to‘g‘risida tezkor xabardor qilish va asossiz narx oshirishlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy Osiyo davlatlari 2026-yil uchun suv taqdimotini kelishib oldi
/
Markaziy Osiyo davlatlari 2026-yil uchun suv taqdimotini kelishib oldi
O‘zbekistonda kimyo mahsulotlari eksporti $1 mlrdga yetkaziladi
/
O‘zbekistonda kimyo mahsulotlari eksporti $1 mlrdga yetkaziladi
2026-yildan boshlab QQS tushumlarining bir qismi mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi
/
2026-yildan boshlab QQS tushumlarining bir qismi mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi