4.6.2025 | 15:59
Toshkentda Qurbon hayiti kuni jamoat transporti erta ish boshlaydi
Shuningdek, Samarqand va Toshkent o‘rtasida qo‘shimcha qatnovlar tashkil qilinadi

Foto: Ilya Semendeyev
Qurbon hayiti munosabati bilan 5, 6, 7 va 8-iyun kunlari — Samarqand va Toshkent o‘rtasida Afrosiyob tezyurar poyezdining qo‘shimcha qatnovlar qo‘yiladi.
Harakat jadvali quyidagicha:
- Samarqand → Toshkent — jo‘nash 10:55 da, yetib kelish 13:15 da;
- Toshkent → Samarqand — jo‘nash 13:56 da, yetib kelish 16:14 da tartibda amalga oshiriladi.
Shuningdek, 6-iyun, juma kuni Toshkentda jamoat transporti soat 03:00 dan harakatni boshlaydi.
Bu tartib jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar qulayligi uchun qabul qilingan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ