Yil yakuniga qadar barcha viloyat markazlarida “Aqlli shahar tizimi” joriy qilinadi

O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar hajmi $10 mlrdga yetishini prognoz qilmoqda

Yil yakuniga qadar barcha viloyat markazlarida “Aqlli shahar tizimi” joriy qilinadi

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo’lib o’tmoqda.

Qayd etilishicha, ekspertlar 2030-yilgacha O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar hajmi $10 mlrdga yetishini prognoz qilmoqda.

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, Urganch shahrida sun’iy intellekt asosida “Aqlli shahar tizimi” ishga tushirilan. Situatsion markaz tashkil qilinib, elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti, boshqaruv-servis kompaniyalari, transport, yo‘l, obodonlashtirish, chiqindi korxonalari yagona tizimga ulangan.

Har bir yo‘nalishdan kelib tushayotgan murojaatlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qilib, tezkor kompleks yechim berish yo‘lga qo‘yilgan. Bularning hisobidan yiliga 16 mlrd so‘m tejalmoqda.

Viloyat markazlari va poytaxt tumanlarining barcha hokimlariga Urganchdagi yangi tajribani o‘rganib, yil yakunigacha o‘zida joriy qilish topshirildi.

Boshqa vazirlik va idoralar rahbarlariga ham sohaning ichiga kirib, sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, vazirlar va tarmoq rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bo‘lishi belgilandi.

Shahar va tumanlarda ham hokimlarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimi kiritiladi.

Barcha vazirlik va hokimliklarga o‘z tuzilmasida sun’iy intellektni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan alohida bo‘linma tashkil qilish va ularning oldiga, eng avvalo, ish samaradorligi va xizmat sifatini oshirish, ortiqcha xarajat, “yashirin” iqtisodiyot va byurokratiyani qisqartirish kabi masalalarga sun’iy intellekt orqali yechim topish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berish topshirildi.

Yuqori ko‘rsatkichga erishgan, xorijiy til biladigan, texnologik bilimi kuchli 100 nafar mutaxassis AQSH, Yevropa, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarga olti oylik kurslarga yuboriladi.

Kelgusi yildan vazirlik va hududlarda sun’iy intellektni joriy etish holatini baholaydigan reyting tizimi ishga tushiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Beeline kompaniyasi Qozog‘istondagi OLX platformasini sotib oldi
/
Beeline kompaniyasi Qozog‘istondagi OLX platformasini sotib oldi
Kelgusi yildan TOP-300” universitetlar bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
Kelgusi yildan TOP-300” universitetlar bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Kaspiy dengizi tubidan o‘tgan aloqa liniyasiga ulanadi
/
O‘zbekiston Kaspiy dengizi tubidan o‘tgan aloqa liniyasiga ulanadi