Toshkentda 2026-yil oxirigacha barcha avtomobillarga ekostiker beriladi

Shuningdek, 1,2 mingta yangi avtobus va elektrobus xarid qilinadi, import bojlari bekor qilinadi

Toshkentda 2026-yil oxirigacha barcha avtomobillarga ekostiker beriladi

Toshkent shahrida 2026-yil oxirigacha barcha avtomobillarga ekologik stikerlar berilishi rejalashtirilmoqda. Bu Prezidentning atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan farmonida belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, ichki ishlar organlariga yil yakunigacha barcha transport vositalarini ekostiker bilan ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Ushbu tizim avtomobillarning atrof-muhitga ta’sirini baholash va nazorat qilishga xizmat qiladi.

Shuningdek, transportning ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida qator choralar ko‘zda tutilgan. Jumladan, tirband hududlarda yirik yuk mashinalari harakati cheklanadi, velosiped infratuzilmasi kengaytiriladi va maxsus veloyo‘laklar hamda veloparkovkalar barpo etiladi.

Jamoat transportini rivojlantirish ham ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. 2026–2027-yillarda Toshkent uchun 200 ta elektrobus va 1000 ta yangi avtobus xarid qilinadi.

Bundan tashqari, 2027-yil oxirigacha avtobus, elektrobus, trolleybus va yo‘lovchi mikroavtobuslari importiga bojxona bojlari nolga tushiriladi. Ushbu transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imini esa 5 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Energetika vazirligiga esa 2028–2030-yillarga qadar neftni qayta ishlash zavodlarini modernizatsiya qilib, “Euro-4” va “Euro-5” standartlariga mos yoqilg‘i ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Shu bilan birga, Toshkent transport tizimini 2035-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha kompleks “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi. Unda ekologik toza transport va jamoat transporti ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Soliq qarzi va muammoli kreditlarni undirishda yangi tizim joriy etiladi
/
Soliq qarzi va muammoli kreditlarni undirishda yangi tizim joriy etiladi
SpaceX tarixdagi eng yirik — $50 mlrdgacha bo‘lgan IPOga tayyorlanmoqda
/
SpaceX tarixdagi eng yirik — $50 mlrdgacha bo‘lgan IPOga tayyorlanmoqda
Qurilish loyihalarida “shamollar yo‘nalishi” ekologik ekspertizada hisobga olinadi
/
Qurilish loyihalarida “shamollar yo‘nalishi” ekologik ekspertizada hisobga olinadi