O’zbekiston kelasi yilda banklarga $1 mlrd kredit jalb qiladi

Shuningdek, davlat banklari bittadan venchur kompaniya ochib, mahalla startaplariga $50 mln ajratadi

O’zbekiston kelasi yilda banklarga $1 mlrd kredit jalb qiladi

Kelgusi yilda O’zbekistonning 9 ta davlat bankiga chetdan $1 mlrd kredit jalb qilib, 250 ming odamni daromadli qilishga erishiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi videoselektorda ma’lum qilindi

O‘tgan 6 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 750 ming aholi kreditini vaqtida qaytarib, daromadli biznesga ega bo‘lgan. Ulardan 58 mingtasi yangi korxona ham ochdi.

Endi banklar mana shunday sinovdan o‘tgan mijozlarini qo‘llab-quvvatlab, ularni kichik va o‘rta biznes darajasiga olib chiqishi kerakligi ta’kidlandi. Ularga “Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida shartsiz 300 mln so‘m kredit beriladi. Bu orqali kelgusi yillarda 1,5 million aholini ishli qilish mumkin.

So’nggi vaqtlarda “Xalq banki” tashabbusi bilan Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy ommaboplik dasturi doirasida 50 mln so‘mgacha ortiqcha hujjat va garovsiz kredit berilmoqda. Bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, Osiyo taraqqiyot banki dasturga $150 mln ajratishga tayyor.

Shuningdek, kelgusi yilda 30 ta tumanda baliqchilik, quyonchilik, chorvachilik va asalarichilik bo‘yicha kooperatsiyalar tashkil qilish uchun 500 mld so‘m yo‘naltiriladi. 

Bundan tashqari, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash kengaytiriladi. Davlat banklari bittadan venchur kompaniya ochib, mahalla startaplariga $50 mln ajratadi. Startaplarni rivojlantiruvchi akseleratorlar tashkil qilish ham muhimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, og‘ir sharoitdagi hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha yangi yondashuv joriy qilinadi.

Shu bilan birga, tadbirkorlar qo‘shimcha 31 trln so‘mlik 3,5 mingta loyiha orqali 200 mingta yangi ish o‘rni yaratishga tayyor. Ushbu loyihalarning infratuzilmasiga 1 trln so‘m ajratish vazifasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UPayning hammuassisi Behzod Botirov Pay Way to‘lov xizmatining 74,38% aksiyalarini sotib oldi
/
UPayning hammuassisi Behzod Botirov Pay Way to‘lov xizmatining 74,38% aksiyalarini sotib oldi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kunga to‘g‘ri keladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kunga to‘g‘ri keladi
“Astra Exim Tech and Research Agency” Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tenderida g’olib bo‘ldi
/
“Astra Exim Tech and Research Agency” Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tenderida g’olib bo‘ldi