O‘zbekistonda B2B-ekotizim: dinamika – ijobiy, lekin biznes konservativ

«Yuk tashish birjasi ATI.SU» O'zbekistondagi vakolatxonasi direktori Farid Vohidov Kapital.uz B2B logistikasini rivojlantirish, tashuvchilar va jo'natuvchilarning telegramdan foydalanish afzalliklari va sun'iy intellekt ochib beradigan imkoniyatlar haqida aytdi

O‘zbekistonda B2B-ekotizim: dinamika – ijobiy, lekin biznes konservativ

«McKinsey» baholashiga ko‘ra, global ko‘lamda ekotizimlar daromadi 2025-yilga borib $60 trlnga yetishi mumkin, bu dunyoning ikki eng yirik iqtisodiyoti — AQSh va Xitoyni qo‘shgandan ham ko‘proqdir. Ekotizimlar korporativ tushumning 30% ni o‘zida jamlaydi.

Global prognozlarga asoslanib, O‘zbekiston bozorida B2B-ekotizimlar soni va ko‘lami yaqin yillarda o‘sib borishini va ularning mamlakat iqtisodiyotiga hissasi yaqqolroq sezila boshlashini kutish mumkin.

b2b-ekotizimlar O‘zbekiston uchun trendga aylana boshlamoqda

b2b-ekotizim trendi yaqin bir necha yil davom etadi. IT’da ekotizimilarga bo‘lgan ehtiyoj yaqqol kuzatilmoqda. Masalan, biznesni yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish va ko‘lamini kengaytirish uchun bulutli servislar kerak bo‘ladi. Ular provayderlardan hisoblash quvvatlarini ijaraga oladilar, keyin IT-mahsulotlar ishlab chiqish uchun uning vositalaridan foydalanadilar.

Shuningdek, logistika ham diqqat markazida: iqtisodiyot yuk tashish sohasida islohotlarni talab qiladi va ular ayni damda ro‘y bermoqda. Joriy bosqichdagi vazifalarni hal qiluvchi ekotizim sifatida, 2022-yilda O‘zbekiston bozoriga «ATI.SU yuk tashishlar birjasi» kirib keldi. 1,5 yillik faoliyat yakunlariga ko‘ra, natijalar maqtanarli, lekin ichkaridan biz bozor qatnashchilari hali ham logistik ekotizimlarni qabul qilish jarayonida turganlarini ko‘ramiz. Ammo prognozlar juda ijobiy: 2023-yilda Birja foydalanuvchilari soni 3 barobarga, yuk tashishga arizalar soni esa, 2,3 martaga oshdi. 

O‘zbekistonda ekotizim o‘rniga messenjer

Mamlakat ichida va chet elga yuklarni tez va xavfsiz yetkazib berishni tashkil etish imkonini beruvchi logistik ekotizimlar Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb. Mintaqada vakolatxonalarimiz O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ish yuritmoqda, barcha bozorlarda 2023-yilda foydalanuvchilar soni 3-4 barobar o‘sganligini qayd etdik.

O‘zbekistonda o‘ziga xos xususiyatlar bor: bir tomondan, yuk tashish bozori jadal o‘sib bormoqda, boshqa tomondan anchayin konservativligicha qolmoqda. O‘zbekistonlik yuk sohiblari va yuk tashuvchilar o‘zaro asosan messenjerlarda muloqot qiladilar. Ammo profil chatlarda nouneym (ismi ko‘rsatilmagan)-foydalanuvchilardan axborot oqimini kuzatishga, keyin esa buyurtmachi yoki ijrochi bilan «eskichasiga» bevosita muloqot qilishga to‘g‘ri keladi. 

Ekotizim esa, bu jarayonni tubdan o‘zgacha tashkil qilish imkonini beradi. Uning «yadro»si yuk tashishlar platformasi sanaladi, unda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar yuklarni joylashtirishlari mumkin. Servisning har bir qatnashchisi — yuk sohibi yoki yuk tashuvchi — real mulohazalarga asoslangan reytingga ega. Jarayon bunday tashkil etilganda vijdonsiz hamkorlarga yo‘liqish xatari ancha kam bo‘ladi.

Asosiy servisdan tashqari, ekotizimda ko‘plab qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud. Masalan, yukni kuzatish va kommunikatsiya maqsadida haydovchilar uchun mobil ilova, hujjat almashinuvining avtomatlashuvi (jumladan, milliy hisobot), ishonchli yuk tashuvchilar o‘rtasida tender o‘tkazish uchun servis.

Ekotizimlarda sun’iy intellect (SI)

SI ekotizimlarni rivojlantirish sohasida yangi imkoniyatlarni ochadi. Masalan, funksionalga hamkorni tekshirish imkoniyatini qanday qo‘shish mumkin? Har bir foydalanuvchi bo‘yicha axborotni jamlab, baholab boruvchi xodimlar shtatini ochish imkonsiz. Hozirda Birjada 407 520 nafar qatnashchi ishlamoqda, har kuni yangi qatnashchilar ro‘yxatdan o‘tadi.

Shu bilan birga, algoritmlar potensial hamkorning ishonchli ekanini samarali baholashga qodir. Gap faqat maxsus saytlarda tekshirishning standart taomili haqida bormayapti, balki u foydalanuvchi xatti-harakatining tahlilini ham nazarda tutadi. Masalan, «ATI.SU yuk tashishlar birjasi»da sun’iy intellekt qatnashchining avvalgi davrlarda o‘zini qanday tutganligi ssenariysini baholaydi va ishonchli hamkor maqomiga muvofiq kelmaydigan jihatlarni aniqlaydi. Bu faollik ritmining keskin o‘zgarishi, haddan ziyod yuqori yoki past narxlar belgilash va ehtimoliy qalloblik yoki yuqori narxda sifati past xizmat ko‘rsatishga urinishning boshqa belgilarida ifodalanishi mumkin. 

Shuningdek, ekotizim doirasida matematik modellar va SI algoritmlari bozor tahlilini shakllantirishi mumkin. Masalan, logistikada, shunday texnologiyalar tufayli, muayyan yo‘nalish bo‘yicha yuklarni tashishga o‘rtacha stavkalarni hisoblab chiqish mumkin va mana shunday servis O‘zbekistonda tez orada paydo bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekistonda ism va familiyani o’zgartirish tartibi
/
O’zbekistonda ism va familiyani o’zgartirish tartibi
Toshkentning tijorat ko’chmas mulklari: 2024-yilning asosiy o’zgarishlari
/
Toshkentning tijorat ko’chmas mulklari: 2024-yilning asosiy o’zgarishlari
Ta’lim kreditini qanday olish mumkin
/
Ta’lim kreditini qanday olish mumkin