O‘zbekistonda ayrim yuridik shaxslar uchun mulk va yer solig‘i oshirildi
Avvalgi 1% lik stavka hozirgi kunda 50% ga o‘zgartirilgan

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekistonda 5-toifaga kiritilgan tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining mol-mulk va yer solig‘i hisoblangan summaning 50% miqdorida oshirilmoqda. Bu haqda Prezident Farmoni qabul qilindi.
Avval bu ko‘rsatkich 1% stavka miqdorida amalga oshirilgan edi.
Ammo yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50% va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno. 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-sonli Farmonga tegishli o‘zgartirish kiritildi.
2024-yil 18-sentyabrdagi PF-140-sonli Farmonning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilgan:
2025-yil 1-yanvardan boshlab yangi bog‘lar, uzumzorlar va tutzorlar barpo etilgan yer uchastkalari uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilish tarzidagi imtiyoz bekor qilinadi hamda ushbu yerlar bo‘yicha soliq stavkasi 50% ga kamaytiriladi;
Shuningdek, 2025-yil 1-iyuldan boshlab bu imtiyozlar bekor qilinadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ