Transport vazirligi 2025-yil noyabrgacha yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini baholaydi
Vazirlik tomonidan ikki yilda bir marta yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini baholash dasturi tasdiqlanadi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Transport vazirligiga 2025-yil 1-noyabrgacha joylardagi hokimliklar bilan birgalikda shaharlarning avtotransportda yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini baholash vazifasi yuklatildi. Bu haqda Hukumat qarori imzolandi.
Bundan tashqari, Vazirlik zimmasiga 2025-yil 10-noyabrgacha baholash natijalariga ko‘ra aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha respublika shaharlarining reytingi e’lon qilish yuklatildi.
Qarorga ko‘ra, qabul qilingan metodika yordamida hududlarning jamoat transporti bilan ta’minlanganlik darajasi belgilash, aniqlash mumkin. Yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini baholash, bu bo‘yicha hududlarning reytinglarini belgilash nazarda tutilgan.
Shuningdek, ikki yilda bir marta Transport vazirligi tomonidan avtotransportda yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini baholash dasturi tasdiqlanadi. Bu yilning 1-fevraligachaga amalga oshiriladi.
Avtotransportda yo‘lovchi tashish xizmatlari sifati reytinglar mahalliy hokimiyat rahbarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) ni aniqlashda hisobga olinadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ