Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li”dagi yana 6 ta bekat vaqtincha yopiladi

28-iyundan bekatlari oralig‘ida bepul metrobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li”dagi yana 6 ta bekat vaqtincha yopiladi

28-iyun sanasida boshlab Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi “Quruvchilar” — “Yangiobod” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda metropoliten matbuot xizmati.

Rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish davomida quyidagi bekatlar vaqtincha ishlamaydi:

  • “Qo‘yliq” (7-bekat);
  • “Matonat” (8-bekat);
  • “Qiyot” (9-bekat);
  • “Tolariq” (10-bekat);
  • “Xonobod” (11-bekat);
  • “Quruvchilar” (12-bekat).

“Yangiobod” bekati faoliyatini davom ettiradi.

Avvalroq xuddi shu yo‘nalishdagi “Turon” (13-bekat) va “Qipchoq” (14-bekat) bekatlari 8-iyundan boshlab 3 oyga yopilgandi.

Toshkent metrosi xaritasi. Manba: Transport vazirligi.

Yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida, “Qipchoq — Yangiobod — Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakatini yo‘lga qo‘yadi. Ularning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Metropoliten matbuot xizmati jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yo‘nalishlarida metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida yer usti estakadalari va bekatlari ma’lum muddat foydalangandan so‘ng, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish lozimligini qayd etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank O‘zbekistonda Tojikistonning “Oriyonbank” banki faoliyatini toʻxtatdi
/
Markaziy bank O‘zbekistonda Tojikistonning “Oriyonbank” banki faoliyatini toʻxtatdi
O‘zbekistonda dollar kursi olti kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarila boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi olti kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarila boshladi
Yaponiya kompaniyasi Farg‘onada $15 mlnlik “Shogun City” loyihasini amalga oshiradi
/
Yaponiya kompaniyasi Farg‘onada $15 mlnlik “Shogun City” loyihasini amalga oshiradi