Rossiyada Lada Granta modelini ishlab chiqarilishi davom ettiriladi

“AvtoVAZ” kompaniyasi Belarus, O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlarida faoliyati kengaytirilishini ma’lum qildi

Rossiyada Lada Granta modelini ishlab chiqarilishi davom ettiriladi

“AvtoVAZ” Rossiya bozorida eng ko‘p talab qilinadigan Lada Granta modelini ishlab chiqarishini talab borligi sababli davom ettirishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda TASS. 

2024-yil iyun oyida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida kompaniya prezidenti “AvtoVAZ” keyingi besh yil ichida Lada Granta ishlab chiqarishini to‘xtatishni rejalashtirayotganini aytgan edi.

“AvtoVAZ” dagi eng muhim shaxs — bu bizning mijozimizdir. Granta bozorimiz, ya’ni mijozlarimiz tomonidan qanchalik talab qilinsa, u shunchalik uzoq vaqt bizning konveyerimizda yashaydi, — dedi “AvtoVAZ” rahbari Maksim Sokolov

Sokolov ta’kidlashicha, hozirgi paytda Granta eksport bozorlarida ham yetarlicha talabga ega, bu yerlarda “AvtoVAZ” o‘z mavqeini tiklash va kengaytirishni boshlagan.

Kompaniya rahbari Belarus va Qozog‘iston davlatlari qatorida O‘zbekistonda ham 2022-yilgacha bo‘lgan savdo hajmini tiklash istagini bildirgan. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Startup Garage Shimoliy Afrika bozoriga chiqdi
/
Startup Garage Shimoliy Afrika bozoriga chiqdi
Germaniyaning KfW kompaniyasi O‘zbekistonga 26 mln yevro ajratadi
/
Germaniyaning KfW kompaniyasi O‘zbekistonga 26 mln yevro ajratadi
Statistika qo‘mitasi: yanvar-mart aholi real daromadlari uch oyda 10% ga oshdi
/
Statistika qo‘mitasi: yanvar-mart aholi real daromadlari uch oyda 10% ga oshdi