2026-yildan avtomobil raqamlarini olishda yagona oshirilgan to‘lov stavkalari amal qiladi

Shuningdek, avtoraqamlar “O‘zRTXB” tizimida auksionga qo‘yilmaydi

2026-yildan avtomobil raqamlarini olishda yagona oshirilgan to‘lov stavkalari amal qiladi

Endilikda avtomototransportlar uchun davlat raqami berish tartibi soddalashtiriladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi

Bu haqdagi hukumat qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan avtotransportlar uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi bekor qilinadi.

Shuningdek, avtotransportlar uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berish tartibi ham tugatiladi.

Kelgusi yildan avtomototransportlar uchun istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilari yagona oshirilgan to‘lov evaziga shaxslarning elektron murojaatiga asosan beriladi.

Shaxslar yagona ochiq ma’lumotlar bazasida bo‘sh turgan istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilarini quyidagi tizimlar orqali tanlab oladi:

  • ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmalarida joylashgan infokiosklar;
  • Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining (YHXX) mobil ilovasi;
  • YHXXning rasmiy veb-sayti;
  • YAIDXP (my.gov.uz).

Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan yagona ochiq ma’lumotlar bazasida hududlarning kod raqami doirasida barcha toifadagi davlat raqami belgilari (oldin berilgan yoki foydalanishda bo‘lganlardan tashqari) joylashtiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda avtomobillar uchun ekostikerlar berish muddati yana kechiktirildi
/
Toshkentda avtomobillar uchun ekostikerlar berish muddati yana kechiktirildi
ACWA Power va Osiyo Taraqqiyot Banki Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasiga $51 mln sarmoya kiritadi
/
ACWA Power va Osiyo Taraqqiyot Banki Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasiga $51 mln sarmoya kiritadi
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda
/
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda