O‘zbekistonda avtomobillarni sertifikatlashga xususiy kompaniyalarni jalb qilish rejalashtirilmoqda
Yuridik shaxslar uchun transport vositasi turini tasdiqlash to‘g‘risidagi sertifikatlarning amal qilish muddati uch yildan besh yilgacha uzaytiriladi

Фото: rg.ru
O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqaruvchilar, rasmiy va norasmiy dilerlar avtomobillari narxlarining tahlilini o‘tkazish, so‘ngra ularni maqbullashtirish va tartibga solish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda 2-sentabr kuni bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev raisligida bo‘lib o‘tgan Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishi bayonnomasida aytiladi.
Bayonnoma Telegram’dagi Autodeklarant kanalida e’lon qilindi. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi (“O‘zstandart”) matbuot xizmati hujjatning haqiqiyligini tasdiqladi.
Kun tartibida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z ehtiyoji uchun olib kirilayotgan avtotransport vositalarining muvofiqligini baholash jarayonlarini soddalashtirish masalasi muhokama qilindi.
2025 yil sentabrgacha barcha import avtomobillar Piskentdagi UzTest avtopoligonida majburiy sinovdan o‘tkazilib kelgan. Bu tizim cheklangan sondagi dilerlar va tasdiqlangan modellar mavjudligi sababli amal qilardi. Hozirgi kunda bozorda 21 ta xorijiy kompaniya faoliyat yuritmoqda va 100 dan ortiq model turi tasdiqlangan, bu esa har bir mashinani alohida tekshirish zaruriyatini bekor qilish imkonini berdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ