O’zbekistonda elektromobillarni ro’yxatdan o’tkazish uchun to’lov oddiy avtomobilga qaraganda 5 baravar arzonlashdi

Ichki ishlar vazirligi rahbarining buyrug'iga binoan, 1 apreldan boshlab elektromobilni ro'yxatdan o'tkazish 1,5 BHM, benzinli avtomobilni ro'yxatdan o'tkazish esa 6,84 BHM bo’ladi

O’zbekistonda elektromobillarni ro’yxatdan o’tkazish uchun to’lov oddiy avtomobilga qaraganda 5 baravar arzonlashdi

O’zbekiston ichki ishlar vazirining buyrug’i bilan avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini (yarim tirkamalarini) ro’yxatdan o’tkazish va qayta ro’yxatdan o’tkazish uchun to’lovlar stavkalarini oshirish tasdiqlandi.

Hujjatga ko’ra, 1 apreldan boshlab elektromobillar, mototransport vositalari va tirkamalarni ro’yxatdan o’tkazish va qayta ro’yxatdan o’tkazish uchun to’lovlar stavkasi 15 baravarga — 1,5 BRV gacha oshiriladi va 510 ming so’mni tashkil etadi.

Boshqa barcha avtomobillar uchun stavka 68,4 baravarga – 6,84 BHM gacha ko’tarilib, 2,32 mln so’mni tashkil etadi.

Bungacha barcha avtomobil va tirkamalarni ro’yxatdan o’ tkazish va qayta ro’yxatdan o’tkazish stavkasi BHM’ning 10% ni tashkil etgan – 34 ming so’m.

Shuni ta’kidlash kerakki, hujjat stavkalar ko’tarilishidan bir kun oldin – 31 martda qabul qilingan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Telegram so‘nggi uch yil ichida birinchi marta daromadga chiqdi
/
Telegram so‘nggi uch yil ichida birinchi marta daromadga chiqdi
Jahon banki Xorazm viloyatida yangi quyosh elektr stansiyasi qurilishiga $3,5 mln ajratdi
/
Jahon banki Xorazm viloyatida yangi quyosh elektr stansiyasi qurilishiga $3,5 mln ajratdi
“Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi
/
“Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi