Oktyabr oyida O’zbekistondagi avtomobil bozori savdosi 7%ga pasaygan

Xorijiy yengil avtomobillar va elektromobillar savdosida o’sish kuzatilgan

Oktyabr oyida O’zbekistondagi avtomobil bozori savdosi 7%ga pasaygan

Joriy yil oktyabr oyida avtomobil bozoridagi sotuvlar o’tgan oyga nisbatan 7%ga pasaydi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar qildi.

Unga ko‘ra, oktyabrda avtotransport vositalarining umumiy savdosi 102,3 ming donani tashkil etdi.  Faollikning yillik hisobi 25,5%ga pasaygan.

Yengil avtomobillar bozori

Yengil avtomobillar bozorida savdolar sentyabr oyiga 6%ga pasayib, 95,4 ming donani tashkil etgan. Bu ko’rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 45,3%ga kamaygan. Hududlar bo‘yicha savdolarning eng katta pasayishi Toshkent shahrida (18,4%), Farg‘ona (17%) va Andijon (14,4%) viloyatlarida qayd etildi.

Birlamchi bozor

Yengil avtomobillar birlamchi bozorida sotuvlar o‘tgan oyga nisbatan 15%ga kamayib, 6,2 ming avtomobilni tashkil etdi. Yillik faollik esa 21,8%ga kamaygan. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarining savdosi 20%ga pasayib, 30,2 mingta avtomobilni tashkil etgan. Yillik ko‘rsatkichda esa 22% pastlagan.

Ikkilamchi bozor

Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozorida oktyabr oyida 60,4 mingta yengil avtomobillar sotilgan. Bu sentyabrga nisbatan 23 donaga, 2023-yilning shu davriga nisbatan esa ikki barobarga kam.

Xorijiy yengil avtomobillar bozori

Xorijiy yengil avtomobillar bozorida sotuvlardagi faollik 35%ga oshib, shu davrning o’zida 4,7 mingta xorijiy avtomobil sotildi. Ammo, o‘tgan yilning oktyabr oyiga nisbatan sotuvlar 20%ga kam.

Elektromobillar bozori

Elektromobillar bozorida oktyabr oyida sotuvlar hajmi sentabrga nisbatan 20%ga o‘sib, 5,1 ming donani tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p sotuvlarning o‘sishi Namangan va Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahrida qayd etilgan. Yil davomida elektromobillarni savdosi 87,5%ga o‘sib, 2,3 ming dona elektromobilga tenglashgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi