Raqobat qo‘mitasiga o’tgan 9 oyda avtomashinalar xaridi bilan bog’liq 900ga yaqin murojaatlar kelgan

Qo’mita tomonidan barcha masalalar ko’rib chiqildi va ijobiy hal qilindi 

Raqobat qo‘mitasiga o’tgan 9 oyda avtomashinalar xaridi bilan bog’liq 900ga yaqin murojaatlar kelgan

Raqobat qo‘mitasi va hududiy boshqarmalariga joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida fuqarolardan avtomobillar, ularni sifati, yetkazib berish muddatlarining kechikishi, ehtiyot qismlaridagi nosozliklar va ularni kafolat muddatida ta’mirlashda muammolar yuzaga kelgani bo‘yicha 900 ga yaqin murojaatlar kelgan. Bu haqda qo’mita xabar berdi.

Misol uchun, Navoiy viloyatida fuqaro 2024-yil avgust oyida 230 mln so‘mga “Billur avto Savdo Navoiy” MChJdan “Tracer-2” avtomashinasi xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgani, ammo avtomashinaning boshqaruv rulining isitish moslamasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Natijada, fuqaroga avtosalon tomonidan 535,4 ming so‘m ortiqcha olingan mablag‘ qaytarib berildi.

Xorazm viloyatida fuqaro o’z turmush o‘rtog‘i nomiga “Avto-Layner Xorazm” MChJ bilan shartnoma bo‘yicha “Gentra” rusumli avtomobil uchun 146 mln so‘m to‘lovni amalga oshirganligi, avtomashina esa kechiktirib yetkazib berilgani, ammo unga bir yildan buyon kompensatsiya pullari to‘lab berilmayotganligi bo‘yicha murojaat kelgan. Tushuntirishlar orqali fuqaroga MChJ tomonidan 850 ming so‘m miqdoridagi kompensatsiya pullari to‘lab berildi.

Shuningdek, Buxoro, Toshkent, Farg’ona va Samarqand viloyatlarida ham avtomashina hujjatlarini rasmiylashtirilganda xatolikka yo‘l qo‘yish, avtomashina nuqsonli bo‘lgani va uni sifatlisiga almashtirishda muammoga uchrash kabi bir qancha murojaatlar hal qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekistonga to’qqiz oy ichida qancha sayyoh kelgani ma’lum bo’ldi
/
O’zbekistonga to’qqiz oy ichida qancha sayyoh kelgani ma’lum bo’ldi
O‘zbekistonda 300 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
/
O‘zbekistonda 300 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
Yevropa Markaziy banki bitkoinga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda
/
Yevropa Markaziy banki bitkoinga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda