Avgust oyida O‘zbekiston zaxira aktivlari $50 mlrddan oshdi

Xususan, oltin zaxiralari qiymati $1,38 mlrdga ortib, ilk bor $40,06 mlrdga yetdi

Avgust oyida O‘zbekiston zaxira aktivlari $50 mlrddan oshdi

Markaziy bank ma’lumotlariga xabar berishicha, avgust oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

1-sentabr holatiga ko‘ra, mamlakatning umumiy zaxira aktivlari qiymati $50,08 mlrdga yetdi. Bu ko‘rsatkich bir oy avvalgidan $1,34 mlrdga yoki 2,76% ga ko‘pdir. Natijada may oyida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich ham yangilanib, $422,3 mlnga oshdi.

Oltin zaxiralarining qiymati $1,38 mlrdga oshib, ilk bor $40,06 mlrdga yetdi. Bu qimmatbaho metal narxining o‘sishi hamda oltin zaxirasi hajmining 11,7 mln troya unsiyadan 11,8 mln troya unsiyaga ko‘tarilishi hisobiga yuz berdi.

Shu bilan birga, mamlakatning valyuta zaxiralari biroz kamayib, $49,3 mlnga qisqardi va $9,5 mlrddan past darajada qoldi. Ularning ichida $908,9 mln boshqa davlat markaziy banklari va Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi hisoblarda, $7,52 mlrd esa xorijiy tijorat banklarida saqlanmoqda.

Bundan tashqari, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati $4,2 mlnga ko‘payib, $1,016 mlrdga yetdi. Natijada, mamlakat oltin-valyuta zaxiralarida aksiyalar va obligatsiyalarning ulushi 2% dan oshdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston davlat qarzi qariyb $44 mlrdga yetdi
/
O‘zbekiston davlat qarzi qariyb $44 mlrdga yetdi
Toshkentda yagona yo‘l harakati boshqaruvi markazi tashkil etiladi
/
Toshkentda yagona yo‘l harakati boshqaruvi markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston oktabr oyida oltin xarid qilish bo‘yicha yetakchi uchlikni egalladi
/
O‘zbekiston oktabr oyida oltin xarid qilish bo‘yicha yetakchi uchlikni egalladi