O‘zbekiston Markaziy banki avgust oyida 2 tonna oltin xarid qildi

Biroq yil boshidan buyon mamlakat oltin zaxiralari17 tonnaga kamaygan

O‘zbekiston Markaziy banki avgust oyida 2 tonna oltin xarid qildi

O‘zbekiston avgust oyida 2 tonna oltin sotib oldi, shunga qaramay, oltin sotishda dunyo bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolmoqda. Bu haqda Jahon oltin kengashi xabar berdi.

Avgust oyida yettita mamlakat markaziy banklari o‘z oltin zaxiralarini 1 tonnadan ko‘proqqa oshirdi.

Shu jumladan, O‘zbekiston Markaziy banki avgust oyida 2 tonna oltin xarid qildi. Biroq yil boshidan buyon mamlakat oltin-valyuta zaxiralarida oltinning fizik hajmi 17 tonnaga kamayib, 366 tonnani tashkil etdi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston oltin sotishda dunyo bo‘yicha yetakchilik maqomini saqlab qolmoqda.

oltin

2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Shvetsariyaga oltin yetkazib beruvchi eng yirik besh mamlakat qatoriga kirgandi. Mamlakatning oltin eksporti $4,3 mlrdga yetib, Avstraliyani ortda qoldirgan.

Shvetsariya jahon bozorida 6 oy davomida jami $95,1 mlrdlik oltin xarid qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 baravar ko‘pdir. Yirik yetkazib beruvchilar orasida AQSh ($19,2 mlrd), BAA ($17,6 mlrd), Kanada ($4,5 mlrd) va Avstraliya ($4,4 mlrd) yetakchilik qilmoqda. O‘zbekiston esa beshinchi o‘rinni egalladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi qurilishiga subpudratchi tanlandi
/
O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi qurilishiga subpudratchi tanlandi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘sishda davom etmoqda
Bitkoin $127 mingdan oshib, yangi rekord o‘rnatdi
/
Bitkoin $127 mingdan oshib, yangi rekord o‘rnatdi