AUIC O‘zbekistonda uchta yo‘nalishdagi loyihalarga $18,7 mln investitsiya kiritdi

Investitsiyalar oliy ta’lim, raqamli infratuzilma va chakana savdo sohalarini qamrab oldi

AUIC O‘zbekistonda uchta yo‘nalishdagi loyihalarga $18,7 mln investitsiya kiritdi

Ozarbayjon–O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi (AUIC) O‘zbekistonda oliy ta’lim, raqamli infratuzilma va chakana savdo yo‘nalishlaridagi loyihalarga jami $18,7 mln miqdorida investitsiya kiritganini ma’lum qildi.

Ta’lim sohasida AUIC Toshkentda faoliyat yuritayotgan American University of Technology universiteti kapitaliga $2 mln to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya yo‘naltirdi. Mablag‘lar universitet infratuzilmasini rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga sarflanadi.

Raqamli infratuzilma yo‘nalishida kompaniya Engineering+ bilan qo‘shma korxonaga $1,7 mln investitsiya kiritdi. Loyiha ICE+ immersiv sovitish texnologiyasi asosida ma’lumotlar markazlari uchun uskunalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Mahsulotlar ichki bozor bilan birga Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga eksport qilinadi.

Chakana savdo sohasida esa AUIC mahalliy savdo tarmog‘iga $15 mln sarmoya yo‘naltirdi. Investitsiya tarmoqni kengaytirish, logistika infratuzilmasini rivojlantirish va operatsion jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan.

Shu tariqa, kompaniyaning O‘zbekistondagi yangi loyihalar bo‘yicha umumiy investitsiya hajmi $18,7 mlnni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xitoydan O‘zbekistonga 22 kunlik premium temiryo‘l kruizi yo‘lga qo‘yiladi
/
Xitoydan O‘zbekistonga 22 kunlik premium temiryo‘l kruizi yo‘lga qo‘yiladi
1-iyuldan ko‘p kvartirali uy uchun badal vaqtida to‘lanmaganda elektr to‘lovlari vaqtincha to‘xtatiladi
/
1-iyuldan ko‘p kvartirali uy uchun badal vaqtida to‘lanmaganda elektr to‘lovlari vaqtincha to‘xtatiladi
O‘zbekistondan Pokistonga eksport qilinadigan 29 ta mahsulotga imtiyozlar beriladi
/
O‘zbekistondan Pokistonga eksport qilinadigan 29 ta mahsulotga imtiyozlar beriladi