ATTO orqali oylik to‘lovlar hajmi 105 mlrd so‘mdan oshdi

2025-yilda tizimdagi tranzaksiyalar soni 35,7% ga ko‘payib, 692 mln operatsiyani tashkil etdi

ATTO orqali oylik to‘lovlar hajmi 105 mlrd so‘mdan oshdi

2025-yilda O‘zbekistonda ATTO to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarning o‘rtacha oylik hajmi 105 mlrd so‘mga yetdi. Bu haqda tizim operatori matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yil yakunlariga ko‘ra, ATTO tizimidagi jami operatsiyalar soni 692 mln taga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 35,7% ga oshdi. O‘sishning asosiy qismi bank kartalari hisobiga to‘g‘ri keldi — ular orqali amalga oshirilgan to‘lovlar soni 165% ga ko‘payib, 387,4 mln operatsiyani tashkil etdi.

Shu bilan birga, Toshkent metropolitenida qog‘oz QR-biletlaridan foydalanish 70% ga qisqardi. Ularning o‘rnini mobil QR-kodlar va virtual kartalar egalladi: mobil QR-to‘lovlar 5 barobar, virtual kartalar orqali to‘lovlar esa 3 barobar oshdi.

Poytaxtda ATTO orqali avtobuslarda 411,9 mlnta, metropoliten orqali esa 185,8 mlnta safar amalga oshirildi. Metro bekatlarida biometrik to‘lov usullariga talab ham oshdi: FacePay xizmatidan 1 mln martadan ortiq, PalmPay (kaft orqali to‘lov) tizimidan esa 112 ming marta foydalanilgan.

Qayta chiqish (pere­sadochniy) tariflar joriy etilishi hisobiga yo‘lovchilar 36,9 mlrd so‘m mablag‘ni tejashga erishdi. Bundan tashqari, foydalanuvchilarga berilgan keshbek va chegirmalarning umumiy summasi 82 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Hududlarda ham ATTO to‘lov tarmog‘i kengaydi — tizim 19 ta shaharda faol ishlamoqda. Tranzaksiyalar soni bo‘yicha Samarqand yetakchi bo‘lib, u yerda 24,6 mln ta to‘lov amalga oshirilgan. Farg‘onada bu ko‘rsatkich 13,3 mln, Namanganda esa 11,8 mln tani tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondagi 15 ta OTMda sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi
/
O‘zbekistondagi 15 ta OTMda sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi
O‘zbekistonda 2030-yilgacha qiymati $100 mlnlik 25 ta startap amalga oshiriladi
/
O‘zbekistonda 2030-yilgacha qiymati $100 mlnlik 25 ta startap amalga oshiriladi
2025-yil oxirida O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish 6,3% ga yetdi
/
2025-yil oxirida O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish 6,3% ga yetdi