Pul-kredit siyosatining 2025-2027 yillarga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlar loyihasi belgilandi

Bir qancha omillarni hisobga olgan holda asosiy, muqobil va xatarli ssenariylar ishlab chiqildi

Pul-kredit siyosatining 2025-2027 yillarga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlar loyihasi belgilandi

O’zbekiston markaziy banki tomonidan 2025–2027-yillarda narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilanib, makroiqtisodiy sharoitlar va inflyatsiyaga taʼsir etuvchi omillar hisobga olingan holda asosiy, muqobil va xatarli ssenariylar ishlab chiqildi.

Asosiy ssenariyda iqtisodiy oʻsish jarayonlari davom etishi prognoz qilinmoqda. Kelgusi yilda real YaIM oʻsishi 5,5 –6,0%, 2026-yilda 5,5-6,5%, 2027-yilda esa 6,0–6,5% atrofida boʻlishi hamda inflyatsiya darajasi 2025-yilda 6,0–7,0%ga pasayishi kutilmoqda.

Kelgusi yilda tartibga solinadigan narxlarning kutilayotgan navbatdagi oshirilishi hamda oziq-ovqat inflyatsiyasining 2024-yildagi past baza taʼsirlarini inobatga olib, inflyatsiyaning 5%lik target darajasigacha pasayishi 2026-yilning ikkinchi yarmida sodir boʻlishi boʻyicha asoslarni yuzaga keltirmoqda, — deydi Markaziy bank.

Muqobil ssenariyda esa tashqi xatarlarning kuchayishi va ichki sharoitlarning oʻzgarishi haqida ham ogohlantirilgan. 2025-yilda iqtisodiy oʻsish 5,0–5,5 foiz, 2026-yilda 5,0–6,0 foiz, 2027-yilda 5,5–6,5 foizga yetishi mumkin.

Shu bilan birga, xatarli ssenariyda iqlim oʻzgarishi va energiya resurslarining yetishmasligi inflyatsiyaga salbiy taʼsir koʻrsatishi keltirilgan. Inflyatsiya esa 2025-yilda 8–9%, 2026-yilda 7–8% atrofida kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi ayrim bozorlarning sof foydasi 18,2 mlrd so‘mdan oshdi
/
Toshkentdagi ayrim bozorlarning sof foydasi 18,2 mlrd so‘mdan oshdi
Shuhratbek Qurbonov Markaziy bank tizimidagi “Simple Smart Systems” kompaniyasiga rahbar bo‘ldi
/
Shuhratbek Qurbonov Markaziy bank tizimidagi “Simple Smart Systems” kompaniyasiga rahbar bo‘ldi
O‘zbekistonda QQSdan ozod qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 518 taga yetkazildi
/
O‘zbekistonda QQSdan ozod qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 518 taga yetkazildi