Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida qoldirdi

Milliy valyuta barqarorligiga qaramay, inflyatsiya yuqori darajada qolmoqda

Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida qoldirdi

O‘zbekiston Markaziy banki inflyatsion xatarlar va iqtisodiy faollik fonida asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz – 14,0% darajasida qoldirishga qaror qildi. Bu haqda regulyator rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

2025-yil mart oyida yillik umumiy inflyatsiya 10,3%, bazaviy inflyatsiya esa 8,1% ni tashkil etdi. Inflyatsiyaning oshishiga taklif bilan birga talab omillari ham ta’sir qilmoqda.

Yaqinda erkinlashtirilgan yoqilg‘i va energiya narxlari ta’sirining kamayishi, shuningdek, milliy valyuta kursining barqarorligi inflyatsion kutilmalarni pasaytirgan, biroq ular hali ham yuqori darajada qolmoqda.

Markaziy bank 2025-yil yakuniga kelib inflyatsiya darajasi 7–8% oraliqda bo‘lishini, iqtisodiy o‘sish esa 6% atrofida shakllanishini kutmoqda.

Regulyator tomonidan o‘rta muddatli istiqbolda inflyasiyaning 5% lik maqsadli darajasigacha pasayishiga erishish maqsadida pul-kredit sharoitlarini yetarli darajada qat’iyligi ta’minlanadi, — deyiladi press-relizda. 

Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi 2025-yil 12-iyun kuniga belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
/
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi
/
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi