Yakkasaroydagi “Askiya dehqon bozori” yangidan quriladi

Loyihaga $150 mln xorijiy investisiyalar jalb qilinadi

Yakkasaroydagi “Askiya dehqon bozori” yangidan quriladi

Yakkasaroy tumanidagi “Askiya dehqon bozori”ni zamonaviy ko‘rinishda qurish bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tuman matbuot xizmati xabar berdi.

Bozorni zamonaviy ko‘rinishga qayta qurish bo‘yicha muzokaralar olib borilib, bir necha investorlar tomonidan bozorni qayta qurish bo‘yicha takliflar bo’layotganligi sababli bozor hududini “e-auksion” platformasi orqali investorlarga taklif etish rejalashtirilmoqda.

Bozor hududini sotib olmoqchi bo’lgan investorlarga eng kamida umumiy maydoni 3 000 kv.metr hududidagi “ekobozor”, umumiy maydoni 1 200 kv.metr hududidagi “sovutgich omborxona”, yer osti avtoturargohining birinchi qavatini (eng kamida 400 dona avtoturargohni) Jamiyatga beg‘araz o‘tkazib berish bo‘yicha talablar qo‘yiladi.

Loyihaga $150 mln xorijiy investisiyalar jalb qilinadi. Yangi bozor yonida jahon standartlariga mos ravishda 4 yulduzli mehmonxona ish faoliyatini boshlaydi. To‘liq ishga tushirilgach esa 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Ushbu bozor hududida velosepidlar uchun joy, zamonaviy o‘rindiqlar, wi-fi zonalari, aholi uchun ko‘ngil ochar hududlar, eskolatorlar, imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus panduslar o‘rnatiladi. Shuningdek, yashil hudud barpo etilib, zamonaviy xojatxonalar tashkil etiladi.

Bundan oldin, “Chorsu” mehmonxonasi o’rniga $170 mlnlik yangi bino qurilishi haqda xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
/
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
/
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi