Tramp Xitoy tovarlariga import bojlarini joriy etishni yana 90 kunga kechiktirdi

Tomonlar may oyida muzokaralar olib borish uchun 3 oyda davomida bojlarni 115% ga kamaytirishga kelishib olgandi

Tramp Xitoy tovarlariga import bojlarini joriy etishni yana 90 kunga kechiktirdi

AQSh va Xitoy tariflar bo‘yicha sulhni yana 90 kunga uzaytirib, bir-birlarining tovarlariga uch xonali bojlarni bekor qildi, deb yozmoqda Reuters.

Qayd etilishicha, farmon avvalgi “tariflar sulhi” tugashidan biroz oldin imzolangan. Uning muddati 12-avgustda tugashi, shundan so‘ng bojlar 2025-yil aprel oyidagi darajaga qaytishi kerak edi.

2-aprel kuni Tramp dunyoning aksariyat davlatlari, jumladan, Xitoyga nisbatan bojlar joriy etilishini e’lon qilgan. Pekin ham shunday javob qaytargan. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo urushi tufayli AQShning Xitoy tovarlariga bojlari 145% ga, Xitoyning AQShdan import qilish bojlari esa 125% ga yetgan.

AQSh 2025-yil fevral oyida Xitoydan keladigan tovarlarga nisbatan bojlarni joriy qilishni boshlagandi va aprel oyi o‘rtalariga kelib ularning miqdori 145% gacha yetgandi. Pekin bunga javoban AQShdan keladigan mahsulotlarga bojlarni 125% gacha oshirgan.

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo muzokaralari may oyidan beri davom etmoqda. Birinchi raund Jenevada, ikkinchisi Londonda bo‘lib o‘tgan. May oyida Jenevada o‘tgan muzokaralar natijasida AQSh bojlarni 145%dan 30% gacha, Xitoy esa 125% dan 10% gacha 90 kunga pasaytirishga rozi bo‘lgandi. Keyinchalik davlatlar bir-birini kelishuvlarni buzganlikda ayblagan.

Aprel oyida Tramp tomonidan e’lon qilingan o‘nlab boshqa mamlakatlar uchun import bojlari avgust oyi boshida kuchga kirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi (ro‘yxat)
/
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi (ro‘yxat)
O‘zbekiston Afg‘oniston energetika loyihalariga $243 mln sarmoya kiritadi
/
O‘zbekiston Afg‘oniston energetika loyihalariga $243 mln sarmoya kiritadi
Bojxona organlari to‘lovli xizmatlarining yangi tariflari tasdiqlandi
/
Bojxona organlari to‘lovli xizmatlarining yangi tariflari tasdiqlandi