AQSH va Xitoy o‘zaro bojlarni 90 kunga pasaytiradi

Xususan, AQSH bojlarni 145% dan 30% gacha, Xitoy esa 125%lik soliqni 10% ga tushiradi

AQSH va Xitoy o‘zaro bojlarni 90 kunga pasaytiradi

AQSH va Xitoy bir-birining tovarlari uchun o‘zaro bojlarni 90 kunga pasaytirishga kelishib oldi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Jenevada ikki davlatning qo‘shma bayonoti e’lon qilindi. AQSH va Xitoy savdo keskinligini yumshatish, iqtisodiyotdagi kelishmovchiliklarni hal qilish uchun qo‘shimcha vaqt belgilashga kelishdi.

Xitoy importining katta qismiga nisbatan qo‘llanadigan 145%lik AQSH bojlari, jumladan, fentanilga bog‘liq stavka ham 30% gacha pasaytiriladi. O‘z navbatida, Xitoyning Amerika tovarlariga nisbatan joriy etgan 125% lik bojxona to‘lovlari esa 10% gacha tushiriladi.

Ikki tomon iqtisodiy va savdo munosabatlarini muhokama qilishni davom ettirish uchun maxsus mexanizm yaratishga kelishib olgan. Bu muzokaralarga Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari He Lifeng, AQSH moliya vaziri Skott Bessent va AQSH savdo vakili Jeymison Grir rahbarlik qiladi.

Muzokaralar navbatma-navbat Xitoyda, AQSHda yoki tomonlar kelishgan uchinchi mamlakatda o‘tkazilishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda, tomonlar iqtisodiy va savdo masalalari bo‘yicha ishchi darajadagi maslahatlashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

Trampning savdo urushi

2-aprel kuni AQSH prezidenti Donald Tramp barcha davlatlar, xususan, uchun 10% lik asosiy tariflarni joriy qildi. Xitoy bilan savdoda yirik defitsit mavjudligi bois AQSH bu mamlakat uchun tariflarni ancha yuqori darajaga ko‘tarib, 34% ga yetkazdi.

Bunga javoban Pekin ham shuncha miqdorda Amerika tovarlariga bojlar soldi. Shundan so‘ng Tramp agar Pekin javob choralaridan voz kechmasa, bojlarni 50% gacha oshirish bilan tahdid qildi. Shu sababli bojlar 104% ga oshdi. Natijada Xitoy Amerika mahsulotlari uchun bojlarni 84% ga oshirishini e’lon qildi. Mazkur e’lon ortidan Tramp Pekin uchun tariflar 125% ga chiqishini aytdi, keyinchalik buni 145% ga oshirdi.

Xitoy mazkur tariflarga javoban stavkani 125% ga ko‘tardi. Xitoy AQSHni “o‘zaro bojlar”ni bekor qilishga va o‘zining noto‘g‘ri amaliyotini tuzatishga chaqirdi. XXR raisi Si Szinpin hech bir davlat “boj urushi”dan yutmasligini qayd etdi. Shundan so‘ng ikkala davlat savdo muzokaralarini boshlagandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarila boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarila boshladi
Ukraina O‘zbekistonning uchta kompaniyasiga nisbatan sanksiya kiritdi
/
Ukraina O‘zbekistonning uchta kompaniyasiga nisbatan sanksiya kiritdi
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lganlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga kompensatsiya beriladi
/
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lganlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga kompensatsiya beriladi