Tramp Xitoy mahsulotlariga boj stavkalarini 145% gacha ko‘tardi

Xitoy bu qaror haqida JSTga shikoyat kiritib, AQSHga javoban bojlarni 84% dan 125% gacha oshirdi

Tramp Xitoy mahsulotlariga boj stavkalarini 145% gacha ko‘tardi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Xitoydan olib kirilayotgan mahsulotlarga qo‘llaniladigan import bojlarini 125% dan 145% gacha ko‘tarishga qaror qildi

Oq uyning 10-aprel, payshanba kungi bayonotiga ko‘ra, ilgari bildirilgan 125% lik yangi boj avvalgi 20% lik stavkaga qo‘shiladi. 

Donald Tramp bu keskin chorani Xitoy hukumati tomonidan fentanil giyohvand moddasining savdosiga qarshi yetarli choralar ko‘rilmagani bilan izohladi. Shuningdek, u Pekinni xalqaro bozorlarni yetarli darajada hurmat qilmaslikda aybladi.

Avvalroq, AQSH tomonidan Xitoy mahsulotlariga qo‘llanilayotgan boj stavkalari 10% dan 20% gacha oshirilgach, javoban Pekin AQSH mahsulotlariga nisbatan boj stavkalarini 34% dan 84% gacha ko‘tarishini ma’lum qilgan edi.

So‘nggi haftalarda Donald Tramp bir qator import mahsulotlariga, jumladan, Yevropa Ittifoqidan olib kirilayotgan tovarlarga ham bojlar joriy qildi. 9-aprel kuni esa u aksar davlatlar uchun bojlarni 90 kunga to‘xtatib turishga qaror qilgan, biroq bu yengillik Xitoyga tatbiq etilmadi. Aksincha, Xitoyga nisbatan 125% lik yangi bojlar joriy qilinishi e’lon qilindi.

Xitoy hukumati vakillari ham javob bojlarini oshirdi

Xitoy Amerika tovarlariga bojlarni avval e’lon qilingan 84% dan 125% gacha oshiradi. Bu haqda mamlakat moliya vazirligiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Qaror 12-apreldan kuchga kiradi. Xitoy AQSHning bu qarorlari munosabat bilan Jahon savdo tashkilotiga shikoyat qildi. Si Szinpin mazkur savdo urushi borasida quyidagicha bayonot berdi:

Boj urushida g‘oliblar bo‘lmaydi, dunyoga qarshi chiqish bu o‘zini yakkalashdir. So‘nggi 70 yilda Xitoy doim o‘z kuchiga, mashaqqatli kurash va mehnatsevarlikka tayangan. Pekin hech qachon birovning iltifotiga suyanmagan va asossiz bosimlardan cho‘chimagan, degan Xitoy raisi.

U AQSH prezidentining bojlariga qarshi kurashish uchun Yevropa Ittifoqini Xitoy bilan sa’y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
/
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
/
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda