AQSH Xitoyga Nvidia H200 chiplarini eksport qilishga ruxsat berdi

Yetkazib berish 25% boj to‘lovi, hajm cheklovi va xavfsizlik talablariga rioya etish sharti bilan amalga oshiriladi

AQSH Xitoyga Nvidia H200 chiplarini eksport qilishga ruxsat berdi

AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan yuqori unumdor Nvidia H200 chiplarini Xitoy kompaniyalariga eksport qilishga ruxsat berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Qabul qilingan tartibga ko‘ra, chiplar Xitoyga yuborilishidan avval mustaqil laboratoriyalarda texnik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Shuningdek, Xitoy bozoriga yetkazib beriladigan chiplar hajmi AQSH ichki bozorida sotiladigan umumiy chiplar miqdorining 50%idan oshmasligi belgilandi.

Nvidia kompaniyasi AQSH ichki bozorida yetarli darajada grafik protsessorlar zaxirasi mavjudligini tasdiqlashi shart. Xitoylik xaridorlar esa xavfsizlik tartib-qoidalariga rioya etishini hamda ushbu texnologiyalar harbiy maqsadlarda qo‘llanilmasligini kafolatlaydi. Avval bunday talablar qo‘yilmagan.

Donald Tramp ushbu qarorni o‘tgan oy e’lon qilib, bitimlar summasidan 25% miqdorida boj undirilishini ma’lum qilgan. Nvidia vakillari bu qarorni qo‘llab-quvvatlab, u AQSH texnologik kompaniyalarining raqobatbardoshligini saqlash va ish o‘rinlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishini bildirdi.

Hozirga qadar Xitoyning texnologik kompaniyalari 2 mln donadan ortiq Nvidia H200 chiplariga buyurtma bergan. Bitta chip narxi taxminan $27 mingni tashkil etadi. Shu bilan birga, buyurtmalar hajmi ishlab chiqaruvchining hozirgi ombor zaxiralaridan deyarli uch barobar yuqori bo‘lib, ular 700 ming dona atrofida baholanmoqda.

Mutaxassislar fikricha, ushbu eksport Xitoyning sun’iy intellekt sohasidagi imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Biroq Vashingtonning amaldagi siyosati AQSH texnologiyalarini yetkazib berish orqali Huawei kabi Xitoy kompaniyalarini ichki muqobil ishlanmalarni rivojlantirishdan qaytarishga qaratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank dekabrda 10 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘lladi
/
Markaziy bank dekabrda 10 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘lladi
2025-yilda O‘zbekistonda 427 mingdan ortiq avtomobil sotildi
/
2025-yilda O‘zbekistonda 427 mingdan ortiq avtomobil sotildi
Toshkentda Xitoy–O‘zbekiston ombor-logistika bazasi tashkil etiladi
/
Toshkentda Xitoy–O‘zbekiston ombor-logistika bazasi tashkil etiladi