Markaziy bank xalqaro rezervlarida AQSh qimmatli qog‘ozlariga urg‘u bermoqda

Sanjar Valiev xalqaro rezervlar tarkibi va qimmatli qog‘ozlarga sarmoya strategiyasi haqida ma’lumot berdi

Markaziy bank xalqaro rezervlarida AQSh qimmatli qog‘ozlariga urg‘u bermoqda

Markaziy bank xalqaro rezervlarida asosan AQSh davlat qimmatli qog‘ozlari va dollari ustunlik qiladi. Bu haqda Markaziy bank departament direktori Sanjar Valiev ma’lum qildi.

“AQSh qimmatli qog‘ozlari bilan birga boshqa rivojlangan davlatlarning qimmatli qog‘ozlari yo‘q. O‘sha boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan bunaqa ishonchli, likvid qimmatli qog‘ozlar bozori mavjud emas. Shuning uchun biz AQSh davlat qimmatli qog‘ozlaridan boshladik. Asta-sekin buni ko‘paytirib bormoqdamiz. Keyinchalik boshqa rivojlangan davlatlarning qimmatli qog‘ozlarini sotib olish rejamizda bor”, — dedi u.

Valievning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda xalqaro rezervlarda asosan AQSh dollari va Xitoy yuani mavjud bo‘lib, dollarning ulushi katta. Bunga ikki asosiy sabab bor:

 • AQSh dollari boshqa rivojlangan davlatlar valyutasiga qaraganda yuqori foiz daromadliligiga ega.

 • Ichki va tashqi bozorda xalqaro hisob-kitoblarning katta qismi dollarda amalga oshiriladi.

Masalan, Germaniya yoki Yaponiyaning valyutasidagi foiz daromadlari AQSh dollarinikidan pastroq. Shuning uchun daromadliligi yuqori bo‘lgan valyuta sifatida dollarga ustuvorlik berilgan. Bundan tashqari, bizning xalqaro savdoda ham, ichki bozorda ham asosan AQSh dollari ishlatiladi, — deya tushuntirdi Valiev.

U shuningdek, Markaziy bank valyuta tarkibini bozor kon’yunkturasiga qarab qayta ko‘rib borishini ta’kidladi. Bir necha yil oldin rezerv tarkibida yevro, britaniya funt-sterlingi va yapon yenasi ham bo‘lgan.

Valyutalar tarkibi doimiy emas. Bozor vaziyatiga qarab uni o‘zgartirib boramiz. Muqim bir holatda qolmaydi, — dedi Valiev.

2025-yil avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro rezervlari $50 mlrdga yaqinlashdi. Ularning katta qismini oltin va valyuta aktivlari tashkil qiladi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda rezervlarning tarkibi o‘zgarib, dollarning ulushi oshgan, yevro va boshqa rivojlangan davlatlar valyutalarining ulushi esa kamaygan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oʻzbekistonda oltin investitsiyalarining yangi davri: aholiga mobil ilova orqali qimmatbaho metallarni sotib olish imkoniyati yaratiladi
/
Oʻzbekistonda oltin investitsiyalarining yangi davri: aholiga mobil ilova orqali qimmatbaho metallarni sotib olish imkoniyati yaratiladi
Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida qoldirdi: biznes va bozor uchun barqarorlik signali
/
Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida qoldirdi: biznes va bozor uchun barqarorlik signali
Biznes uchun moliyaviy prognozlash usullari
/
Biznes uchun moliyaviy prognozlash usullari