AQSh O‘zbekistondagi ikki kompaniya rahbarlariga viza cheklovlarini joriy qildi

Ular noqonuniy immigratsiyaga, jumladan, bolalarning noqonuniy olib o‘tilishiga ongli ravishda ko‘maklashgani aytilmoqda

AQSh O‘zbekistondagi ikki kompaniya rahbarlariga viza cheklovlarini joriy qildi

AQSh noqonuniy immigratsiyaga, jumladan, bolalarning olib o‘tilishiga ongli ravishda ko‘maklashgan O‘zbekistondagi ikki kompaniya rahbarlari va mansabdor shaxslariga nisbatan viza cheklovlarini joriy etdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot kotibining bosh o‘rinbosari Tomas Pigott ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, ushbu qaror AQSh immigratsiya qonunchiligi doirasida qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, AQShda bo‘lishi yoki taxmin qilinayotgan faoliyati mamlakat tashqi siyosati uchun jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxslarning kirishi taqiqlanadi.

Olib borilgan surishtiruvlar shuni ko‘rsatdiki, mazkur shaxslar AQShga noqonuniy immigratsiya qilish niyatida bo‘lgan chet elliklarni, shu jumladan, bolalarni aeroportlar va quruqlikdagi chegaralar orqali Markaziy Amerikadagi tranzit punktlariga tashishni faol muvofiqlashtirgan. Keyinchalik ularning ko‘pchiligi Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy kirishga uringan.

Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizligimizga yoki immigratsiya qonunchiligimizga putur yetkazishga qaratilgan har qanday urinishga toqat qilmaydi. Davlat departamenti noqonuniy immigratsiyadan foyda ko‘radiganlarning jazolanishini ta’minlaydi va biz chegaralarimizni hamda milliy xavfsizligimizni himoya qilish uchun kontrabanda tarmoqlariga qarshi faol kurashamiz, — deyiladi bayonotda.

Davlat departamenti vakili “AQShga noqonuniy immigratsiyaga ko‘maklashuvchi jinoiy tarmoqlarni yo‘q qilishda yaqin hamkorlik qilgani uchun AQSh O‘zbekiston hukumatidan chuqur minnatdor” ekanini tasdiqladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Rossiya moliya vazirligi oilali mehnat migrantlari uchun to‘lovlarni oshirishni taklif qildi
/
Rossiya moliya vazirligi oilali mehnat migrantlari uchun to‘lovlarni oshirishni taklif qildi
BlackRock O‘zbekistonda kapital bozori va infratuzilma loyihalarini rivojlantiradi
/
BlackRock O‘zbekistonda kapital bozori va infratuzilma loyihalarini rivojlantiradi
O‘zbekistonda soliq organlari xodimlari daromadlari deklaratsiya qilinadi
/
O‘zbekistonda soliq organlari xodimlari daromadlari deklaratsiya qilinadi