AQSh “Lukoyl” va “Rosneft”ga qarshi sanksiya qo‘lladi

Sanksiyalar “Rosneft”ning 34 ta shuo’ba korxonasiga ta’sir qilishi aytilmoqda

AQSh “Lukoyl” va “Rosneft”ga qarshi sanksiya qo‘lladi

AQSh Moliya vazirligi 22-oktabr kuni Rossiyaning ikki yirik neft kompaniyasi — “Rosneft” va “Lukoyl”ga nisbatan sanksiyalar joriy etishini e’lon qildi.

Idora “Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) Rossiya Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha tinchlik jarayoniga jiddiy sodiqlik ko‘rsatmagani uchun” cheklovlarga o‘tganini ma’lum qildi.

Hozir qotilliklarni to‘xtatish va zudlik bilan yarashuv e’lon qilishning ayni vaqti. Prezident Putinning bu bema’ni urushga chek qo‘yishdan bosh tortganini inobatga olib, Moliya vazirligi Kremlning harbiy mashinasini moliyalashtirayotgan Rossiyaning ikkita eng yirik neft kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy qilmoqda. Barqaror tinchlik to‘laligicha Rossiyaning yaxshi niyatda muzokaralar olib borishga tayyorligiga bog‘liq, — deydi moliya vaziri Skott Bessant.

Idora, kerak bo‘lsa, prezident Trampning navbatdagi urushni tugatish harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishga tayyor, deb qo‘shimcha qildi vazir.

Bu sanksiyalar, jumladan, “Rosneft”ning 34 ta sho’ba korxonasiga ta’sir qiladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi jiddiy sanksiyalar kiritishga bir necha bor va’da bergan, biroq shu paytgacha tinchlik bitimi tuzishga umid qilib, bu qarordan qochgandi. Biroq so‘nggi paytlarda Tramp muzokaralarda oldinga siljish yo‘qligi sababli Kremldan tobora ko‘proq g‘azablanmoqda, deb yozdi BBC News.

Men shunchaki vaqti kelganini his qildim. Biz uzoq kutdik, — dedi Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni nega aynan hozir qo‘llashga qaror qilgani haqidagi savolga javob berarkan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bir oyda qariyb mingta tadbirkorlik subyekti 178,7 mlrd soʻmlik imtiyozdan foydalandi
/
Bir oyda qariyb mingta tadbirkorlik subyekti 178,7 mlrd soʻmlik imtiyozdan foydalandi
Toshkentda noqonuniy reklama joylashtirilgan avtomobillar tekshirilmoqda
/
Toshkentda noqonuniy reklama joylashtirilgan avtomobillar tekshirilmoqda
Qurilish vazirligi “Dream House Design” ning litsenziyasini bekor qilindi
/
Qurilish vazirligi “Dream House Design” ning litsenziyasini bekor qilindi