Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi

Chet el valyutasidagi zaxiralar $10,4 mlrddan $11,0 mlrdgacha oshgan

Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi

2025-yil aprel oyining yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari $1,4 mlrdga oshib, rekord darajadagi $49,25 mlrdga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qilmoqda.

Chet el valyutasidagi zaxiralar $10,4 mlrddan $11,0 mlrdgacha o’sdi. Shu bilan birga, regulyatorning xalqaro qimmatli qog‘ozlari hajmi bir oyda $203,1 mlndan $703,9 mlngacha ko’paydi.

Zaxiralardagi oltinning qiymati $36,9 mlrddan $37,6 mlrdgacha oshdi, garchi uning jismoniy hajmi 11,8 mln troy unsiyadan 11,5 mln troy unsiyagacha kamaygan bo‘lsa ham. Aprel oyida oltin narxi 5,5% ga oshib, bir unsiya uchun $3 293 dan yuqori bo‘ldi.

“Goldman Sachs“ kompaniyasi oltinga nisbatan ijobiy prognozini saqlab qolmoqda. Asosiy ssenariyga ko‘ra, 2025-yil oxiriga qimmatbaho metallning mo‘ljallangan narxi bir untsiya uchun $3 700 ni, 2026-yil o‘rtalariga kelib esa $4 mingni tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Laylo Aliyeva va Oʻgʻuljahon Atabayeva bilan uchrashdi
/
Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Laylo Aliyeva va Oʻgʻuljahon Atabayeva bilan uchrashdi
Qashqadaryoda qayta ishlangan meva-sabzavot eksporti $40 mlnga yetkaziladi
/
Qashqadaryoda qayta ishlangan meva-sabzavot eksporti $40 mlnga yetkaziladi
O‘zbekistondagi 4 mingdan ortiq reklama va peshlavhalarda davlat tili talablariga rioya etilmagan
/
O‘zbekistondagi 4 mingdan ortiq reklama va peshlavhalarda davlat tili talablariga rioya etilmagan