“Apple”ning fond bozoridagi bahosi $4 trlnga yaqinlashdi
So‘nggi oylarda kompaniya aksiyalari qariyb 16% ga oshgan
habr.com
“Apple” uzoq kutilgan sun’iy intellektni takomillashtirayotgani investorlarni jalb qilgan, natijada, fond bozor bahosi $4 trlnga yaqinlashmoqda. Bu haqida “Reuters” xabar bermoqda.
“Apple”ning “Iphone” savdolarini ko’paytirish maqsadida sun’iy intellektga takomillashtirayotgani aksiyalarini noyabr oyidan buyon 16% ga oshirgan.
“Maxim Group” tahlilchisi Tom Fortening aytishicha, “Apple” aksiyalarining so‘nggi o‘sishi investorlarning sun’iy intellektga bo‘lgan qiziqishi va bu “iPhone”larning yangi supertsiklini yaratishi mumkinligiga umidi bilan bog‘liq. Kompaniya aksiyalari so‘nggi ikki yil ichida deyarli ikki baravar oshgan.
“Apple” birinchi chorakda daromadning mo‘tadil o‘sishini kutmoqda. Biroq, “iPhone 16” seriyasining sotuv sur’ati bo‘yicha savollar hali ochiq qolmoqda. Shunga qaramay, LSEG ma’lumotlariga ko‘ra, tahlilchilar “iPhone” daromadlari 2025-yilda qayta o‘sishini tahmin qilgan.
Ammo, ayni damda sun’iy intellekt sohasida “Nvidia” kompaniyasi yetakchilikni egallagan. Uning aksiyalari so‘nggi ikki yilda 800% dan oshgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ