O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishga tushishi uchun shaxsiy ma’lumotlar haqidagi qonun o‘zgartirildi

Xorijiy to‘lov servislariga ayrim turdagi ma’lumotlarni O‘zbekiston tashqarisida qayta ishlashga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishga tushishi uchun shaxsiy ma’lumotlar haqidagi qonun o‘zgartirildi

20-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni uch o‘qishda qabul qildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun loyihasi O‘zbekistonda majburiy ravishda mamlakat hududida saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlar turlarini aniqlab beradi. Shuningdek, ayrim toifadagi ma’lumotlarni chet elda qayta ishlash va saqlash shartlari belgilandi. Bunda axborot xavfsizligi talablari, xalqaro standartlarga muvofiqlik hamda vakolatli organlar talablariga rioya etilishi nazarda tutiladi.

Qonunchilik palatasida ta’kidlanishicha, mazkur o‘zgartirishlar xalqaro to‘lov tizimlarini O‘zbekistonga jalb qilish, investitsiya muhitini yaxshilash, raqamli xizmatlar bozorini kengaytirish hamda aholi va sayyohlar u2qwchun zamonaviy to‘lov imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.

Tashabbuskorlar fikriga ko‘ra, tuzatishlar fintex sohasini rivojlantirish, naqdsiz hisob-kitoblar ulushini oshirish va turizmni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatiga mos keladi. Bu yo‘nalishlar zamonaviy to‘lov texnologiyalarini joriy etish va xalqaro moliyaviy-texnologik platformalar bilan hamkorlikni kengaytirishni talab etadi.

Qonun loyihasi endilikda Senat ko‘rib chiqishiga yuboriladi. Yuqori palata ma’qullaganidan so‘ng hujjat prezident tomonidan imzolanishi kerak.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yilda 82 turdagi xomashyo uchun bojxona boji “nol” stavkada qoldirildi
/
2026-yilda 82 turdagi xomashyo uchun bojxona boji “nol” stavkada qoldirildi
Oltin narxi jahon bozorida $4,7 mingdan yuqoriladi
/
Oltin narxi jahon bozorida $4,7 mingdan yuqoriladi
AQSh Qanot Sharq aviakompaniyasiga parvozlar uchun vaqtinchalik ruxsat berdi
/
AQSh Qanot Sharq aviakompaniyasiga parvozlar uchun vaqtinchalik ruxsat berdi