APEXBANK Geely avtomobillari uchun 0% dan boshlab avtokredit taklif etadi
Arizalar to‘liq hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng 1 ish kunida ko‘rib chiqiladi
APEXBANK avtokredit mahsulotlari qatorini kengaytirib, yangi taklifni taqdim etmoqda — Geely avtomobillari uchun 0% dan boshlab foiz stavkasi bilan avtokredit. Mazkur dastur zamonaviy texnologiyalar, qulaylik va shaffof moliyaviy shartlarni qadrlaydigan mijozlar uchun mo‘ljallangan.
Shartlari:
- Foiz stavkasi — 0% dan boshlab;
- Boshlang‘ich to‘lov — 25% dan boshlab;
- Kredit muddati — 60 oygacha;
- Rasmiylashtirish — “APEXBANK” AJning Markaziy ofisi va savdo ofislarida;
- Arizani ko‘rib chiqish — to‘liq hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng 1 ish kuni ichida.
Mazkur dastur avtomobil xaridini sodda va tushunarli shartlarda rasmiylashtirish, vaqtni tejash hamda kredit bo‘yicha tezkor qaror olish imkonini beradi.
Geely brendi jahon avtomobil sanoatining yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. 1986-yilda tashkil etilgan Geely Holding Group bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasining yirik innovatsion korporatsiyalaridan biri bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishga faol sarmoya kiritmoqda.
Brend strategiyasida dadil dizayn yechimlari va innovatsion yondashuv muhim o‘rin tutadi. Geely futuristik uslubni izchil rivojlantirib, avtomobillarning jozibador tashqi ko‘rinishini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtiradi.
Shu bilan birga, shakl va funksiyaning mutanosibligi ustuvor ahamiyatga ega. Geely avtomobillari puxta o‘ylangan ergonomikasi, boshqaruvdagi qulayligi va kundalik foydalanishdagi amaliyligi bilan ajralib turadi. Bu esa yuqori darajadagi qulaylik va ishonchlilikni ta’minlaydi.
APEXBANK va Geely’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hamkorligidagi ushbu taklif mijozlarga jahon brendiga mansub avtomobilni qulay moliyaviy shartlarda xarid qilish imkonini beradi.
0% dan boshlab avtokredit — zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or dizaynni oilaviy byudjetga ortiqcha yuk tushirmagan holda harid qilish uchun qulay imkoniyatdir.
Telefon: 1881
Sayt: apexbank.uz
Instagram: @apexbank.uz
Linkedin: APEX BANK
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ