Andijonda $1,4 mlrdlik 4 ta yirik loyiha amalga oshiriladi

Loyiha qurilish ishlarida Xitoy kompaniyasi ishtirok etadi va 2 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratiladi

Andijonda $1,4 mlrdlik 4 ta yirik loyiha amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Andijon viloyati hokimligi hamda Xitoyning Hainan Xintanbo Investment kompaniyasi o‘rtasida investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, Andijon viloyatida to‘rtta yirik loyiha hayotga tatbiq etiladi. Ular qatoriga Yangi Andijon (Bobur) massivida ko‘p funksiyali turar-joy majmuasi qurilishi, Xonobod shahrida xalqaro logistika markazi (“quruq port”) tashkil etish, “Sun’iy ko‘l” turistik majmuasini rivojlantirish hamda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasini barpo etish kiradi.

Loyihalarning umumiy qiymati $1,4 mlrddan ortiq bo‘lib, ularni amalga oshirish natijasida 2 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Hainan Xintanbo Investment” kompaniyasi yirik developerlik va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan Xitoy investori hisoblanadi. Ushbu hamkorlik Andijon viloyatining kompleks rivojlanishiga hamda O‘zbekiston–Xitoy investitsiyaviy aloqalarining kengayishiga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“John Deere” O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
/
“John Deere” O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Toshkent va Nurafshon shaharlari o‘rtasida BRT yo‘lak quriladi
/
Toshkent va Nurafshon shaharlari o‘rtasida BRT yo‘lak quriladi
Toshkent viloyatida 1-apreldan chiqindi tariflari oshiriladi
/
Toshkent viloyatida 1-apreldan chiqindi tariflari oshiriladi