Andijonda 1800 gektar yer o’zlashtirilib yangi uy-joylar barpo etiladi

Shuningdek, viloyatda 2025-yilda eksport hajmini $1 mlrdga yetkazish rejalashtirilmoqda

Andijonda 1800 gektar yer o’zlashtirilib yangi uy-joylar barpo etiladi

18-noyabr kuni prezidentning Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Bu haqda predizent matbuot kotibi xabar berdi.

Yig’ilishda Oltinko‘l va Jalaquduqdagi 600 gektarda xitoylik investorlar tomchilab sug‘orish orqali qalampir yetishtirib, qayta ishlash loyihasini boshlangani, natijada gektaridan $15 minglik mahsulot eksport qilish hisob-kitob qilingani haqida aytildi.

Shuningdek, Paxtaobod tumanida BAA kompaniyasi hamkorligida 470 gektarga gilos va rezavor mevalar yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. 

Shu bilan birga, viloyatdagi 4 ta parrandachilik korxonasi faoliyatini tiklab, ehtiyojmand oilalardagi 650 nafar odamni ishga olish imkoniyati mavjudligi haqida keltirib o’tildi.

Asakadagi avtomobillar uchun 28 turdagi sim o‘tkazgich va multimedia tizimlarini ishlab chiqaruvchi “ADM elektriks” korxonasi tomonidan “Oniks”, “Treker”, “Kia sonet” kabi modellarda mahalliylashtirishni kengaytirish orqali korxona quvvati va daromadini oshirish mumkinligi aytildi.

Viloyat hokimi  taqdimotida 2025-yilda $3,1 mlrd miqdorida investitsiyalarni o‘zlashtirish, 334 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, 305 ming nafar aholi bandligini ta’minlash hamda $1 mlrd miqdorida eksport qilish vazifalari keltirib o’tildi.

Hududdagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan maydonlar, qir-adirlardan jami 1800 gektar yerning toifasi o‘zgartirilib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish majmualari, uy-joylar barpo etilishi rejalashtirilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Soliq to‘lovchilarga yanvar-oktyabr oylarida 18,5 trln so’m QQS qaytarilgan
/
Soliq to‘lovchilarga yanvar-oktyabr oylarida 18,5 trln so’m QQS qaytarilgan
O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi $54,4 mlrdga yetdi
/
O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi $54,4 mlrdga yetdi
“Mikrokreditbank” tomonidan parrandachilik sohasiga 635 mlrd so‘m kredit ajratildi
/
“Mikrokreditbank” tomonidan parrandachilik sohasiga 635 mlrd so‘m kredit ajratildi