Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan esdalik tangalari savdoga chiqarildi

Oltin tanga uchun narxlar 61,426 mln so‘m, kumush tangalar esa 1,875 mln so‘m etib belgilangan

Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan esdalik tangalari savdoga chiqarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan esdalik tangalari va suvenir to‘plamlarini sotuvga chiqardi.

Ma’lum qilinishicha, sotuvga Amir Temur siymosi aks ettirilgan, og‘irligi 31,1 gramm bo‘lgan ikki xil dizayndagi esdalik tangalari hamda har biri 31,1 grammli uchta tangadan iborat suvenir to‘plamlari qo‘yilgan.

Tangalar 999,9 probadagi oltin va kumushdan tayyorlangan bo‘lib, yuqori badiiy hamda kolleksion qiymatga ega.

Belgilangan narxlarga ko‘ra, 31,1 grammli oltin tanga 61,426 mln so‘mdan sotilmoqda, uni qaytarib sotib olish narxi esa 57,331 mln so‘mni tashkil etadi. Kumush tangalar esa 1,875 mln so‘mdan taklif etilmoqda, qaytarib sotib olish narxi — 919 ming so‘m.

Markaziy bank sotuv narxlari va tijorat banklaridagi mavjudlik bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni har kuni rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali e’lon qilib boradi.

Foto: Markaziy bank

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi bojxona mexanizmi orqali $500 mln investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
/
Yangi bojxona mexanizmi orqali $500 mln investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston milliy kompaniyalari aksiyalari ilk bor London fond birjasida joylashtiriladi
/
O‘zbekiston milliy kompaniyalari aksiyalari ilk bor London fond birjasida joylashtiriladi
O‘zbekistonda zargarlar to‘lagan QQSning 80%ini qaytarib oladi
/
O‘zbekistonda zargarlar to‘lagan QQSning 80%ini qaytarib oladi