“Accial Capital” “Alif” kompaniyasiga $20 mln investitsiya ajratdi

Mablag’lar nasiya xizmatini rivojlantirish va moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirishga yo‘naltiriladi

“Accial Capital” “Alif” kompaniyasiga $20 mln investitsiya ajratdi

“Alif” kompaniyasi “Accial Capital”dan $20 mln hajmdagi investitsion qarz olganini ma’lum qildi. Kelishuv “Nairang Capital” va “TMT Global Advisors” kompaniyalarining maslahat yordami bilan amalga oshirilgan. 

Amerika  “Accial Capital“ kompaniyasi o‘rta va past daromadli qarz oluvchilarning barqarorligini oshiruvchi mahsulotlarni taqdim etadi.

“Alif”ga berilgan investitsiya mablag‘lari “Alif”ning nasiya xizmatini rivojlantirish, uning bozordagi mavqeyini mustahkamlash va O‘zbekistonda moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirishga yo‘naltiriladi.

Nasiya xizmati iste’molchilarga 24 oygacha muddatli kreditni moliyalashtiradi va mablag‘lar Islomiy moliya tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi.

Shuningdek, “Alif” 2024-yil davomida xalqaro investorlar tomonidan O‘zbekiston uchun jami $50 mln mablag‘ jalb qildi. Kompaniya O‘zbekistondagi faoliyatini boshlaganidan buyon $150 mln dan ortiq qarz va kapital investitsiyalarni jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi
/
Byudjet tashkilotlariga belgilangan soliq stavkalarining amal qilishi muddati uzaytiriladi
Yil davomida import qilingan telefonlar qiymati $346,5 mlnni tashkil qildi
/
Yil davomida import qilingan telefonlar qiymati $346,5 mlnni tashkil qildi
O’zbekistonda rubldan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O’zbekistonda rubldan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi