“Air France” aviakompaniyasi O’zbekistonga parvozlarni yo’lga qo’ymoqchi

Tomonlar aviareyslarni tashkil etish imkoniyatlarini o'rganishga va aviakompaniya platformalari orqali mamlakat turizmini rivojlantirishga kelishib oldilar

“Air France” aviakompaniyasi O’zbekistonga parvozlarni yo’lga qo’ymoqchi

Fransiyaning “Air France” aviakompaniyasi O’zbekistonga parvozlarni yo’lga qo’yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda turizm qo’mitasi xabar beradi.

“IFTM Top Resa” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasi doirasida Parijda turizm qo’mitasi raisi Umid Shadiyev boshchiligidagi delegatsiya “Air France” kompaniyasining tijorat direktori Frederik Dekors bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Frantsiyadan O’zbekistonga sayyohlar oqimini ko’paytirish maqsadida tomonlar “Air France” bilan aviareyslarni tashkil etish imkoniyatlarini birgalikda o’rganishga va aviakompaniya platformalari orqali O’zbekistonning sayyohlik salohiyatini ilgari surishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

“Air France” aviakompaniyasi 1933 yilning kuzidan beri aviatashuv sohasida ishlaydi. Joriy yilning sentyabr oyi boshida kompaniya flotida 226 ta Boeing va Airbus samolyotlari mavjud.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston hamkor davlatlar bilan ichimliklar markirovka kodlarini o‘zaro tan oladi
/
O‘zbekiston hamkor davlatlar bilan ichimliklar markirovka kodlarini o‘zaro tan oladi
Prezident aholi uchun avtokredit stavkalarini pasaytirishni buyurdi
/
Prezident aholi uchun avtokredit stavkalarini pasaytirishni buyurdi
Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi bahorda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin
/
Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi bahorda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin